www.ziyouz.com kutubxonasi
20
Ibrohimning diniga xilof ish tutyapsizlar", deya inson o‘z qo‘li bilan yasagan jonsiz
butlarga sig‘inishni nodonlik, jaholat deb atardilar. G’azablangan olomon ota-bobolari
sig'ingan butlarning qahriga uchrashdan qo‘rqib, payg‘ambar alayhis-salomga nisbatan
kin-adovat bilan qarashardi. U kishini zolimlardan asrash o‘rniga Hoshim jamoasining
oqsoqoli amakilari Abutolibning huzuriga borib, jiyanini yo'lidan qaytarishni, qanoti
ostiga olib himoya qilmaslikni talab etdilar. Abutolib ularni otang yaxshi, onang yaxshi
deya yaxshi gapirib, hovridan tushirdi. Rasululloh o‘z faoliyatlarini bemalol olib
baraverdilar. Unga sari qabiladoshlarining jaholati junbushga minib, bir-birlarini
rasulullohga qarshi turishga undashardi. Ular yana Abutolibning huzuriga kelib: "Sen
bizning eng obro‘li, mo‘tabar oqsoqolimiz bo‘la turib, gapimizga quloq solmayapsan,
jiyaningni qaytarish o‘rniga himoya qilyapsan, ota-bobolarimizning dinini haqoratlashiga,
bizlarni nodon deb atashiga, ilohlarimizni behurmat qilishiga yo‘l qo‘yyapsan. Bu ishing
yaxshilikka olib bormaydi", deyishdi. Mushriklar Islom diniga, uning targ‘ibotchisiga
qanchalik tish qayrashsa, payg‘ambar alayhis-salom ularni Xudo bergan aqlni ishlatib,
yaxshi bilan yomonni bir-biridan farqlamaslikda ayblardilar.
Qur’oni Karimning "Baqara" surasidagi 170-oyatda: "Qachonki ularga, "Olloh nozil
qilgan kitobga ergashinglar, deyilsa, ular: "Yo‘q, biz ota-bobolarimizni diniga e’tiqod
qilamiz, deyishadi. Agar ota-bobolari hech narsani tushunib yetmagan va adashgan
bo‘lsa ham, ularning diniga ergashdingmi?" deyiladi. "Moida" surasining 104-oyatida
ham: "Mushriklarga Qur’on va payg‘ambar tomonga yuzlaninglar", deyilsa, ular: "Bizga
ota-bobolarimizning dini kifoya", deyishadi. Agar ota-bobolari adashgan va hech
narsadan bexabar bo‘lishsa ham "ularniig dini kifoya qilaveradimi?" deyiladi. "Luqmon"
surasining 21-oyatida esa: "Ularga Olloh nozil qilgan kitoblarga ergashinglar", deyilsa,
ular: "Biz ota-bobolarimizning diniga ergashamiz", deyishadi. "Agar ota-bobolarini
shayton do‘zaxga chaqirib turgan bo‘lsa ham ergashaverishadimi?" deyiladi." Olloh
"Zuxruf" surasining 22-oyatida mushriklarning bahonalarini bayon etib, bunday deydi:
"Yo‘q, unday emas, biz ota-bobolarimizning bir xil dinga, ya’ni budparastlikka e’tiqod
qilganini bilamiz, biz ularning izidan yuramiz".
Olloh taolo mutaassiblikda va tarsolikda mushriklarning bu gaplari ota-bobolarining
aynan takrori ekanini "Zuxruf" surasining 24-oyatida ta’kidlab o‘tadi: "U, ota-bobomizga
e’tiqod qilgan dindan ko‘ra to‘gri bir dinni olib kelsam nima deysizlar", desa, ular: "Sen
olib kelgan dinga ishonmaymiz", deyishadi. Ularning ota-bobolariga sobitlik bilan
astoydil taqlid qilishliklari ajdodlarining beaqllik, gumrohlikda ayblanishiga sabab bo‘lishi
turgan gap. Lekin mushriklar es-hushini yig‘ib olish o‘rniga battar jazavaga tushib,
Abutolibga: "Muhammadga ayt, yangi dinga da’vatini yig‘ishtirsin. Gapimizga
ko‘nmasang, Muhammad bilan sen bir tomon, biz bir tomon bo‘lib, to bir-birimizni
o‘ldirguncha kurashamiz", deya tahdid solishdi. Abutolib uchun o‘z xalqidan ajralib qolish
og‘ir edi, biroq Xudoning payg‘ambari va jiyanidan voz kechishi ham mumkin emasdi.
Shu bois payg‘ambar alayhis-salomni huzuriga chorlab: "Ey jiyan, odamlar kelib har xil
talab va shartlarni qo‘yib ketishdi. Endi o‘zingni ehtiyotingni qil, bundan buyon seni
asrash qo‘limdan kelmaydi", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom u kishining nochor ahvolini
his etib: "Ey amaki, Ollohning nomi bilan qasam ichib aytamanki, agar o‘ng qo‘limga
quyoshni, chap qo‘limga oyni tutqazishsa ham Xudoning o‘zi boshlagan ishimga ravnaq
bermaguncha yoki shu yo‘lda halok bo‘lmagunimcha tanlagan yo‘limdan voz
kechmayman", dedilar va o‘pkalari to‘lib teskari qarab oldilar. "Menga qara, ey jiyan, —
dedi Abutolibning ham ko‘ngli buzilib. Rasululloh o‘girilib qaragan edilar:
— Bor, nimani xohlasang, gapiraver, Xudoga qasamki, seni ularga topshirib
qo‘ymayman.
Bu gap payg‘ambar alayhis-salomga qanot baxsh etdi.
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |