www.ziyouz.com kutubxonasi
19
RASULULLOHNING OSHKORA DA’VATGA O’TISHLARI
Mushriklarning tahdidi kuchayib ketganligi sababli rasululloh qurayshning katta
yig‘inlarida oshkora da’vat olib bormadilar. Musulmonlar pinhona ibodat qilishar,
nomozlarini ko‘pincha Makkaning tog‘lariga chiqib, pana-pastqamda o‘qishardi. Ularning
soni o‘ttizdan oshganda rasululloh hammalarini bir joyga jamlab, din ahkomlarini
o‘rgatishlari va yo‘q-yo‘riq ko‘rsatishlari zarur bo‘lib qoldi. Shu maqsadda birinchilar
qatori islom diniga o‘tgan Arqam ibn Abu Arqamning hovlisiga yig‘ildilar. Shu paytgacha
Hijr surasining: "Senga buyurilganini oshkora o‘rtaga tashla, mushriklar bilan teng
bo‘lma", degan 94-oyati nozil bo‘lguncha maxfiy ish tutilgan edi. Bu oyat kelgach,
rasululloh Ollohning va’dasi va yordamiga ishonib, oshkora da’vatga o‘tdilar. Sarvari
olam Safo tog‘iga chiqib: "Hoy Fihr jamoasi, hoy Adi jamoasi!" — deya butun quraysh
xalqini chaqirdilar, ba’zi urug‘ va jamoalarga odam yubordilar, hamma jam bo‘lgach:
"Agar hozir sizlarga tog‘ning orqasida Makkaga hujum qilish uchun otliq qo‘shin poylab
turibdi, desam ishonasizlarmi?" — deb so‘radilar. Odamlar: "Ishonamiz, shu paytgacha
sening yolg‘on gapirganingni hech kim eshitmagan", deyishdi. Rasululloh: "Men sizlarni
Ollohning qattiq azobidan ogohlantiradigan payg‘ambarman", dedilar. Odamlarning
orasida turgan Abulahab ibn Abdulmuttalib: "He, o‘l-e, bizni shu gapga chaqirdingmi?"
— dedi g‘azablanib. Parvardigor bu odam to‘g‘risida Tabbat surasida: "Abulahabning ikki
qo‘li shol bo‘lib qolsin! Shol bo‘lishi muqarrar! Mol-mulki va yig‘ib-tergan narsalari
asqotmaydi, u lovullab turgan do‘zaxga tushadi. Uning o‘tin tashiguvchi xotini ham
lang‘illagan do‘zaxga tushadi, uning bo‘yniga gattiq o‘rilgan arqon solinadi", deydi. O’tin
tashish deyilishida bu ayolning so‘zamol, ig‘vogarligi ko‘zda tutilgan, chunki u ayollar
yig'ilgan joylarda Payg‘ambar alayhis-salom haqida har xil uydirmalarni to‘qib-chatib,
tarqatib yurardi. Shundan so‘ng Olloh Shuaro surasida: "Hesh-aqrabolaringni ogohlantir"
degan oyatni nozil qildi. Bu oyat rasulullohning qarindosh-urug‘lari Abdumonof avlodi
bo‘lmish Hoshim, Navfal, Abdushams jamoasiga taalluqli edi. Shu suraning 215-216-
oyatlarida Parvardigor: "Senga ergashgan mo‘minlarni qanoting ostiga ol. Hesh-
aqrabolaring da’vatingdan bosh tortishsa, men sizlarning qilmishinglardan bezorman
degin", deya ta’kidlaydi. Rasululloh darrov harindosh-urug‘larini yig‘ib: "Elchi hech
qachon o‘z odamlariga yolg‘on gapirmaydi. Xudo haqqi maboda men boshqalarga
yolg‘on so‘zlaganimda ham sizlarga yolgon aytmayman, boshqalarni aldaganimda ham
sizlarni hargiz aldamayman. Yakkayu yagona Ollohning nomi bilan qasam ichib
aytamanki, men butun insoniyatga, xususan, sizlarga Xudo yuborgan elchiman.
Ollohning nomi bilan qasam ichib aytamanki, xuddi uyquga ketgandek o‘lasizlar,
uyg‘ongandek tirilasizlar, qilmishinglar uchun hisob berasizlar, yaxshiliklar uchun
mukofotlanasizlar, yomonliklar uchun jazolanasizlar. Qarorgohinglar abadiy jannat yoki
do‘zax bo‘ladi", dedilar. Bu gaplardan yig‘ilganlar qattiq ta’sirlandilar. Faqat birgina
amakilari Abulahabning tosh diydasi yumshamadi. Muhammadga butun arab xalqi qarshi
qo‘zg‘almasidan oldin uni bu yo‘ldan qaytarish kerak. Agar uni odamlarga tutib
bersanglar kamsitilgan bo‘lasizlar, tutib bermasanglar arablar birlashib, bizga urush
ochadi", dedi u jazavasi tutib. "Xudo haqqi, toki tirik ekanmiz Muhammadni himoya
qilamiz", dedi Abutolib. Yig‘ilganlar shu qarorga kelib tarqalishdi.
Rasululloh oshkora da’vatga o‘tganlaridan keyin quraysh qabilasida to‘rt odam yig'ilsa,
u kishining ustidan kuladigan, haqoratlaydigan bo‘lishdi. Maboda ko‘cha-kuyda ko‘rib
qolishsa: "Abu Kabshaning o‘g'li nuqul osmondan keladi-ya. Nimasiga ishonarkin", deya
masxara qilishardi. Sarvari olam esa bunga javoban: "Xudo haqqi, sizlar bobokalonimiz
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |