www.ziyouz.com kutubxonasi
83
tayyorgarlik ko‘rayotganini eshitib, bajonu dil rozilik bildirishdi. Abu Sufyon boshchiligida
to‘rt ming kishilik qo‘shin to‘plandi, Usmon ibn Talxa Abdariy ularga a’lambardor bo‘ldi.
Rasululloh mollarini boqish uchun sero‘t yaylovlarni berib, qilgan yaxshiliklariga
yomonlik bilan javob qaytargan Uyayna ibn Hisnni ming otliq askar bilan, Horis ibn Afv
Murriy boshchiligida bani Murra qabilasidan to‘rt yuz kishi Abu Sufyonga kelib qo‘shildi.
Sufyon ibn Abd Shams boshchiligidagi bani Salim qabilasidan yetti yuz kishi, shuningdsk
Abu Mas’ud ibn Ruhayla boshchiligida bani Ashja qabilasi hamda Tulayha ibn Xuvaylid
Asadiy boshchiligida bani Asad qabilalari yoppasiga mushriklar bayrog‘i ostida saf
chekishdi. Musulmonlarga qarshi otlanganlarning soni o‘n mingdan oshib kstdi.
Bu xabarni eshitgan payg'ambar alayhis-salom o‘z sarkardalarini yigib, shahar
darvozalarini tambalab mudofaada turib jang qilish kerakmi yoki dushmanning
istiqboliga chiqish lozimmi degan masalada mashvarat o‘tkazdilar. Salmon Forsiy
dushmanning yo‘liga xandaq kovlashni taklif etdi. Bu taklif shu paytgacha tajriba qilib
ko‘rilmagan yangilik edi. Rasululloh Madinaning Sharq va Shimol tomonlariga xandaq
qazishni buyurdilar. Shaharning qolgan ikki tomoni quyuq xurmozor, bog‘-rog‘lar va zich
imoratlar bilan o‘ralgani uchun yov bu tarafdan bostirib kelishi dargumon edi. Asbob-
uskuna yetishmasligi hamda oziq-ovqat tanqisligi tufayli ish juda sekin siljir, odamlarni
ruhlantirish uchun rasullohning o‘zlari ham hamma qatori ishladilar. Tuproq tashiyotgan
Abdulloh ibn Ravoha zavqlanganidan she’r to‘qib yubordi:
Robbimiz sen bo‘lmasang, topmas edik hidoyat,
Bilmas edik nimadir zakot, namoz-ibodat.
Baxsh aylagin bizlarga xotirjamlik, jasorat,
Olishganda yov bilan ato etgin matonat.
Zulm qildi mushriklar, saklar bizga adovat,
Dinimizdan qaytarsa, qilmaymiz hech itoat.
Musulmonlar qo‘shini shaharga kiraverishdagi Sal’ tog’i etagiga joylashishdi. Ularning
soni uch ming bo‘lib, muhojirlarga Zayd ibn Horisa, ansorlarga Sa’d ibn Uboda
bayroqdor bo‘ldi. Quraysh va ularga ergashib kelganlar Madinaning g‘arbi-shimolidagi
Jurab bilan G’azobaning oraligiga, G’atafon qabilasi Uhudga kelib tushishdi. Xandaq
qazilib, yo‘li to‘silganidan xabar topgan mushriklar musulmonlarga kamondan o‘q ota
boshlashdi, lekin bunday usul bilan ularni yengolmasligini anglab, qoni gupurgan bir
guruhi otlarini sakratib xandaqning bu tomoniga o‘tishdi. Ali ibn Abutolib qilich urib Amr
ibn Vadni o‘ldirdi, Navfal ibn Abdulloh xandaqqa yiqilib bo‘yni qayrilib ketdi, Sa’d ibn
Muozning bilagiga o‘q tegib, tomirini uzib yubordi. Qolganlar orqalariga qochib,
xandaqning u tomoniga o‘tib olishdi. O’q otish kechgacha to‘xtovsiz davom etdi. Hatto
musulmonlarning namozlari qazo bo‘ldi. Mushriklar kechasi hujum qilib qolishi
mumkinligini hisobga olib, xandaq atrofiga qo‘riqchilar qo‘yildi. Kun qattiq sovuq
bo‘lishiga qaramay rasululloh ham xandaqning bir chetida poyloqchilik qildilar. U kishi
sahobalarga nusrat, g‘alaba va yaxshilik bashorat qildilar.
Ozginagina qiyinchilikka chidamagan munofiqlar darrov nolishga tushib: "Olloh taolo
bilan uning rasuli yolg‘on gapirib, bizni laqillatishgan ekan. Uy-joyimiz ochiq-sochiq
qolgan, dushman bostirib kelsa, bor budimizdan ayrilamiz", deb qaytib ketishdi.
Musulmonlarning holi og‘irlashdi. Muhosara madinalik qo‘l uchida kun kechiradigan
kambag‘allarning holini tang qildi. Shaharda yashovchi bani Qurayza yahudiylari qaltis
vaziyatda do‘stlik shartnomasini buzib, musulmonlarni battar tang ahvolga solib
qo‘yishdi.
Bani Nazir qabilasining boshlig‘i Huyay ibn Axtab bani Quriyzaning oqsoqoli Ka’b ibn
Asadning yoniga kelib shayton misol vasvasga soldi, ularni musulmonlarga qarshi
urushishga undab, Muhammadga ergashganlarning kuni bitib qolganini, makkaliklar
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |