www.ziyouz.com kutubxonasi
82
asosan bo‘htonni tarqatgan odam (Abdulloh ibn Ubay) og‘ir azobga giriftor etiladi,
bo‘htonni eshitgan paytda o‘zlarini yaxshi odam deb hisoblovchi mo‘min erkagu ayol
nega bu quruq tuhmat, demadi? Ular nega to‘rt nafar guvoh topib kelishmadi? Guvoh
topishmagan ekan, ular Ollohning nazarida yolg‘onchi hisoblanadi. Sizlarga dunyo va
oxiratda Ollohning fazlu marhamati bo‘lmasa edi, bo‘hton yog‘dirganinglar uchun og‘ir
azobga giriftor etilardinglar. Bo‘htonni til bilan tarqatdinglar, bilmaydigan narsalarni
og‘zingizga oldinglar, buni yengil (ermak) fahmladinglar. Vaholanki, Ollohning nazarida
bu katta gunohdir. Uni. (ya’ni bo‘htonni) eshitgan paytinglarda nega: bunday so‘zlarni
gapirmasligimiz kerak, bu katta gunohdir, ey Olloh, sen pokdirsan, demadinglar? Olloh
agar mo‘min bo‘lsangiz bunday gaplarni qayta og‘zingizga olmang, deb o‘git beradi.
Olloh sizlarga oyatlarini bayon etadi, Olloh hamma narsani bilguvchi, hikmat bilan ish
yurituvchi zotdir. Mo‘minlar orasida behayolik tarqalishini istaydigan odamlar dunyo va
oxiratda qattiq azobga uchraydi, Olloh bilguvchi, sizlar esa (hech narsani) bilmaysizlar.
Agar Ollohning sizlarga fazlu. marhamati bo‘lmasa edi (qattiq jazolardi). Olloh shafqatli
va mehribondir. Ey mo‘minlar, shaytonning yetoviga yurmanglar! Kymki shaytonning
etoviga yurar ekan, shayton uni behayolikka, yomon ishlarga boshlaydi. Olloh sizlarga
fazlu marhamat ko‘rsatmasa, hech qaysingiz to abad pok bo‘lmas edingiz. Olloh istagan
bandasini pok qiladi. Olloh hamma narsani eshitib, bilib turguvchidir".
Bu oyatlar nozil bo‘lgach, payg‘ambar alayhis-salom ochiq chehra bilan hazrat
Oishaning pokliga haqida bashorat berdilar. Oishaning onasi qiziga: "O’rningdan tur!
Rasulullohga rahmat ayt", dedi. "yYo‘q, men yuzimni yorug‘ qilgan Ollohga rahmat
aytaman", deya javob berdi hazrat Oisha. Rasululloh tuhmatchilarning har biriga shariat
hukmiga binoan sakson darra urishni buyurdilar. Bo‘hton yog‘dirganlar Jahishning qizi
Hamna, Mistah ibn Usosa, Xasson ibn Sobitlar edi.
Mistah Abu Bakrga qarindosh bo‘lgani uchun qo‘lidan kelganicha uning holidan xabar
olib, ko‘maklashib turardi. Mistahning ig‘voga aralashganini eshitgach, berayotgan
nafaqasini yig’ishtirib qo‘ydi. Bu xususda Nur surasining 22-oyatida alohida to‘xtalib
o‘tilgan: "Orangizdagi ahli karam va davlatmandlar hesh-aqrabolariga, miskinlarga va
din yo‘lida hijrat qilganlarga hech narsa bermaslikka qasam ichishmasin, ularni afv
etishsin, kechirishsin. Olloh sizlarga mag‘firat qilishini istamaysizlarmi? Olloh mag‘firat
qilguvchi va benihoya shafqatli zotdir." Abu Bakr: "Ey rasululloh Ollohning mag‘firati va
rahmatini tilaymiz", dedi va Mistahga beriladigan nafaqasini asliga keltirdi. Odamlar
orasiga kirib sirtdan qaraganda ularni yaxshi ko‘radigandek, aslida esa yuragida adovat
saqlaydigan, ninaning ko‘zicha teshik topsa so‘qilib kirib, fisqu fasodni urchitadigan
munofiqlarning kasofati shu bo‘ldi. Bizlarni ulardan Ollohning o‘zi asrasin.
___________
*Ya’qub alayhis-salomning tilidan aytilgan bu naql Yusuf suradishshg 18-oyatidan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |