Mashning muddati
Mashning muddati muqim uchun bir kechayu bir kunduz, safardagilar uchun uch kechayu uch kunduz,
ya’ni 72 soatdir. Muddat mahsi kiyilganidan so‘ng, tahorat buzilgan vaqtdan etiboran boshlanadi.
Muqim kishi mash muddati o‘tmay, safarga chiqsa, mash muddatini safardagilar kabi tamomlaydi.
Safar niyati bilan mash tortgach, bir kecha-kunduzdan so‘ng, qayta muqimlikka niyat qilsa, darhol
mahsisini yechadi. Agar bir kecha-kunduz to‘lmagan bo‘lsa, bu muddatni to‘ldiradi.
Mashning farzi
Mashning farzi har bir oyoqning ust qismiga mahsi ustidan qo‘lning uchta kichik barmog‘ichalik
miqdorda mash tortishdir.
Izoh: Hadisda aytilishicha, Payg‘ambarimiz Muhammad, sollallohu alayhi va sallam, tahorat
qilayotib, mahsilarini yechgan bir kishini ko‘rdilar va uni ohista turtdilar. So‘ngra mahsi ustiga mana
bunday mash tortish buyurildi deb, oyoq uchidan boshlab to‘piqlarigacha qo‘llarining uchta
barmog‘ini moydirgan holda mash tortish kerakligini unga ko‘rsatib berdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |