2.
Vojib ro‘za
nafl niyati bilan tutilgan va keyinroq buzilgan ro‘zalarning qazosidir. .
3.
Nafl ro‘za.
Muharram oyiningto‘qqizinchi kuni (yoki o‘n birinchi kuni) va o‘ninchi kuni ro‘za
tutish.
a) Har arabiy oyning uch kunida ro‘za tutish.
Bu uch kun oyning kechalari oydin bo‘lgan 13-, 14-, 15-kunlaridir.
b) Haftaning dushanba, payshanba kunlari ro‘za tutish.
v) Shavvol oyida bo‘lib-bo‘lib olti kun ro‘za tutish.
g) Tutilsa savob bo‘ladi, deb hadislarda aytilgan ro‘zalar. Dovud, alayhissalom, ro‘zalari kabi (u
kishi bir kun ro‘za tutib, ikkinchi kun tutmas edilar). Bu nafl ro‘zalarning eng fazilatlisi va Allohga
xush keladiganidir.
Bu aytilgan ro‘zalardan boshqa vaqti tayin bo‘lmagan, makruhligiga dalil bo‘lmagan ro‘zalar ham
bor.
4.
Makruh
ro‘za tanzihiy va tahrimiy makruh ro‘zalarga bo‘linadi. Tanzihiy makruh Muharram
oyida to‘qqizinchi yoki o‘n birinchi kunlarini qo‘shmasdan, faqat o‘ninchi - Ashuro kuni tutilgan
ro‘zadir.
Tahrimiy makruh Ramazon hayiti va Qurbon hayiti, tashriq kunlari, faqatgina juma yoki faqatgina
shanba kunida, Navro‘z (21 mart) va Mehrjon (17 sentyabr) bayramlari kuni ro‘za tutishdir. Biroq
Navro‘z va Mehrjon ro‘za tutishni odat qilgan kunlariga to‘g‘ri kelsa, u kunda ro‘za tutishning karohati
yo‘qdir.
Ikki kun, o‘rtada og‘iz ochmay, bnrdaniga ro‘za tutish, yil bo‘yi ro‘za tutish (tanzihiy) makruhdir.
Saharda niyat qilinishi shart bo‘lmagan ro‘zalar:
1.
Ramazon kunlaridagi ro‘za.
2.
Vaqti tayin bo‘lgan nazr ro‘zasi.
3.
Nafl ro‘za. Bu ro‘zalarga sahardan to kun tikkaga kelishidan oldingi zuho vaqtigacha niyat qilsa
bo‘ladi.
Yana bu ro‘zalarni. xoh musofir, xoh kasal bo‘lsa-da, "ertaga ro‘za tutaman" yoki "nafl ro‘za
tutaman" deb niyat qilsa ham, ro‘za durust bo‘ladi.
Sog‘lom va muqim kishi Ramazop ro‘zasiga boshqa farz niyati bilan niyat qilsa-da, Ramazon
ro‘zasidan hisoblanadi. Ammo musofir bo‘lsa (unga Ramazon) ro‘zasi farz bo‘lmagani uchun) boshqa
niyatda tutgan ro‘zasi Ramazon ro‘za si o‘rniga o‘tmaydi. Chunki musofir qaysi niyatda ro‘za tutsa,
shu niyatdagi farz ro‘zani ado etgan bo‘ladi.
Bemor kishi Ramazon oyida boshqa farz ro‘za tutish niyat qilsa, tutgan ro‘zasi Ramazondan yoki
niyat qilgan boshqa farz ro‘zadan hisob bo‘lishi haqida ulamolar ixtilo qilganlar.
Vaqti tayin nazr ro‘zani boshqa farz ro‘za niyati bil tutish durust emas.
Saharda niyat qilinishi shart bo‘lgan ro‘zalar:
1.
Ramazon ro‘zasining qazosi;
2.
Ochilgan nafl ro‘zaning qazosi;
3.
Har qanday kafforat ro‘za;
4.
"Alloh dardimga shifo bersa, bir kun ro‘za tutaman", tarzidagi vaqti tayin bo‘lmagan mutloq
nazr ro‘zasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |