27
Bu tipdagi birikmalar ikkala tilda ham kam uchraydi. Lekin bu tipdagi
birikmalar ham har ikkala tilda o‘ziga xos grammatik xususiyatga ega. O‘zbek
tilida ravishlar ko‘pincha kesim vazifasida kelgan otlarga ergashadi:
Hozir talabaman, ertaga – injener.
Bu hodisa nemis tilida ham uchraydi. Masalan:
Er ist heute Student, aber morgen ist er Ingenieur.
Nemis tilida ravishlar ba’zan otlarning xususiyati, holatini bildirib, uning
aniqlovchisi bo‘lib ham keladi. Masalan:
Das Haus links
Geld genug.
O‘zbek tilida ham ravishlarning aniqlovchi bo‘lib kelish hollari uchraydi.
Masalan:
Ko‘p odam, kam odam, tez odam kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: