www.ziyouz.com
kutubxonasi
32
mumtoz qilib, pisandida tushmay, Azroilg‘a amr bo‘ldnkim, ruhin qabz qilib, jasadin Sulaymon a.
s.ning taxti ustida tashladilarkim, «Va alqayno alo kursiyyihi jasadan»
50
maqsud mundin bo‘lg‘ay. Va
Vahb binni Munabbih bila ibni Abbos Raziyallohu anhumo debdurlarkim, Sulaymon a. s.ning fitnasi
intizoi erdi. Va jasad iborati Sixrbord otlig‘ devdin erdikim, aning taxti ustiga aning surati bila qirq kun
mutamassil bo‘ldi. Va bu ish kayfiyati bu erdikim, Sulaymon a. s. kim, Jazira mulukidin birinkim, otin
Saydun debdurlar va butparast erdi o‘lturdi. Qizinkim malohat zevari bila orosta erdi qo‘ldi. Ul qiz
otasi firoqida betoqat erdi, Sulaymon a. s. aning davosin tilab topmas erdi. Ul qiz shayton ig‘vosn bila
Sulaymon a. s.g‘a iltimos qildikim, devlar otam shakli bila bir surat yasab keltursalarkim, gohi ani
ko‘rub ko‘nglumga tasalli bo‘lsa, aning muddaosi maqbul tushub, bu ish surat tutti.
Chun qiz burun butparast erdi, bu suratni parastish qila boshladi. Sulaymon.a. s. g‘ofil va bu ish
Osafg‘a yetti. Osaf Sulaymon a. s. majlisida anbiyoyi sobiqning na’tin qilurda, Sulaymon a. s.ning
otasi zamonig‘acha tufuliyyat anyomi maoshining ta’rifin qildi. Sulaymon a. s.g‘a bu dushvor
keldikim, muncha g‘arib inoyatlarkim, anga Tengri taolo saltanati ayyomida nasib qildi. Osaf alardin
nechuk nima demadi. Osafdin istifsor qilg‘och, ayttikim, birovningkim qirq kun uyida butparastlig‘
bo‘lg‘ay, anbiyo zumrasida ne nav’ ta’rif qilsa bo‘lg‘ay. Sulaymon a. s. so‘rub bilgandin so‘ngra, ul
butni ushotib, o‘zi tazarru’g‘a tushti. Bu asnoda mustarohg‘a kirarda ma’hud tariqi bila xotamni Jaroda
otlig‘ kanizakka topshurdi. Mazkur bo‘lg‘on dev Sulaymon a. s. surati bila kelib, kanizakdin xotamni
olib, Sulaymon a. s. taxti ustiga chiqib, hukm qila boshladi. Sulaymon a. s. chiqib xotamni tilagach,
shaklin ham Tengri taolo mutag‘ayyir qilib erdi, kanizak ani tanimadn. Dedikim, xotamni Sulaymon
oldi, sen ne kishisen? Sulaymon a. s. o‘z surati bilan birovni taxtida ko‘rgach, bildikim, hol nedur.
Shahrdin chiqib, shahrda sargardon yurur erdi. Qayon borsa, ne kishisen? – deb so‘rsalar erdi, men
Sulaymonman, der erdi. Ani telba deb, tosh otib, boshig‘a tufroq sochib, iyzo qilurlar erdi. Va devi
la’in taxt ustida noma’qul va nomashru’ hukilar qilur erdi. Mutaajjib va mutag‘ayyir bo‘lg‘ondin
so‘ng, dev bildikim, qiladurg‘on ish aning ishi emas. Ul xotamni daryoga tashlab, g‘oyib bo‘ldi.
Va Sulaymon a. s. ro‘zi jihatidin daryo qirog‘inda bolig‘chilarg‘a muzdurluq qilur erdi. Ul
xotamni bir bolig‘ yutub, alarning domig‘a tushub, Sulaymon a. s. muzdig‘a berdilar. Sulaymon a. s.
bolig‘ ichidin xo-tamni olib, yana saltanat taxtig‘a bordi.
Va bu voqea hamul butparastlig‘ ayyomi bila muvofiq qirq kun va Jasadni ba’zi mufassirlar. bu
devdin ta’bir qilibdurlar. Va aning g‘aroyib e’jozin bir gunash raddidurkim, mujmalan o‘tti. Va sharhi
budurkim, osorini ko‘rarga mashg‘ul erdikim, gunash botti va muborak xotirig‘a asr namozi favt
bo‘lg‘on uchun iztirobg‘a tushti. Tengri taolo gunashni qaytarib, ul hazrat namozin qilg‘uncha o‘z
yerida turg‘uzdi. To namoz tugondi, yana g‘urub qildi. Tarix ahli debdurlarkim, Sulaymon a. s.ning
savmaasining eshikida har kun g‘aybdin bir daraxt paydo bo‘lur erdi va xosiyatin Sulaymon a. s. so‘rar
erdi. Bir kun bir daraxt paydo bo‘ldi va xosiyatin so‘rg‘och, javob berdikim, xosiyatim sening
mulkungga vayronlig‘dur. Sulaymon a. s. bildikim, vaqt yetibdur. Vasiyatlar kitobat qildi va Tengri
taolodin iltimos qildikim, aning favtin dev va paridin necha vaqt maxfiy tutqay. Va shishadin bir uyi
bor erdikim, anda toat qilur erdi. Ul uyga kirib, asosig‘a tayonib olamdin o‘tti. Va xaloiq ko‘rar
erdikim, Sulaymon a. s. asosig‘a tayonib turubdur. To muddatlardin so‘ngra, asosin qurt yeb usholdi.
Va ul hazrat yiqilg‘ondin el favtin bildilar va aning mavtidin ixfosi iltimosida so‘zlar debdurlar.
Yaxshiroq budurkim, Baytulmuqaddas tuganmoki hamoncha fursat maqsud erdikim, aso butun erdi,
tugagondin so‘ngra aso sindi va devlar ul ishni tugotib erdilar. Vallohu a’lam.
R u b o i y:
Olamni Sulaymong‘a haq etmish ma’mur,
Hukmi soldi jinu bashar xaylig‘a sho‘r.
Oxir chu ajal anga maqom ayladi go‘r,
Tufroq ichida qildi vatan uylaki mo‘r.
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |