www.ziyouz.com
kutubxonasi
33
Luqmoni hakim. Tarix ahlidin ba’zi ani hukamo silkida mazkur qilibdurlar. Va ko‘prak el ani
payg‘ambar debdurlar. Va ba’zi rivoyatda mundoqdurki, Tengri taolo nubuvvat va hikmat orasida
muxbir qildi. Har taqdir bila «Va laqad otayno luqmonal-hikmata»
51
aning sha’nidadur. Bo‘la olurki,
bovujudi nubuvvat hikmat dag‘i anga nasib bo‘lmish bo‘lg‘ay. Rangi qaro erkandur. Dovud a. s.
suhbatig‘a musharraf bo‘lur erdi. Va andin ko‘b g‘aroyib vujud tutar erdi. Ba’zi debdurlarki, qul erdi
va ozod bo‘lg‘onida muxtalif rivoyat bor. Biri bukim, xojasi bir rud qirog‘indi birov bila nard o‘ynadi,
bu shart bilakim, mag‘lub bo‘lg‘on bu rud suyin tamom ichgay yo molin bergay. Va Luqmonning
xojasi utkuzdi. Harif rudxona suyin tamom ichmak taklif qildi. Va ul mutahayyir bo‘ldi. Luqmon
dedikim, shart qiladurg‘on vaqtdag‘i suvni hozir qil yo g‘arazing bu hozir suv bo‘lg‘on bo‘lsa, rudning
bu qirog‘indag‘n suvni ichkuncha nori qiro-g‘indag‘i suvni turg‘uz. Harif bu ishdin ojiz bo‘ldi. Xojasi
xalos topib, Luqmonni ozod qildi. Yana biri bukim, xojasi anga buyurdikim, qo‘y o‘lturub, yaxshiroq:
uzvini pishurub keltur. Ul yurokini tili bila pishurub kelturdi. Yana bir qotla dedikim, qo‘y o‘lturub,
yomonroq uzvini pishurub keltur. Hamul iki uzvdin kelturdi. Xoja nuktasin so‘rdi ersa, dedikim,
ko‘ngul: noshoyista af’oldin va til noboyista aqvoldin biri bo‘lsa, alardin yaxshiroq uzv yo‘qtur va agar
bo‘lmasa, alardin yomonroq yo‘q. Yana biri bu kim, xoja anga buyurdikim, kunjid ek! Ul arpa ekti.
Xoja so‘rdikim, arpa ekib, kunjid nechuk toparsen? Dedikim, chun sen noshoyist ish qilib, nechuk
Tengri taolodin rahmat va jannat tama’ qilursen, men ham dedim: arpa eksam, kunjud shoyad bar
topqaymen. Xoja mutanabbih bo‘lub, ani ozod qildi. Duo qilib, uch ming yil umr topibdur. Ba’zi yeti
Kargas umri debdurlarki, har biri besh yuz yildur, aning so‘zlaridindurkim, to‘rt ming so‘z. bitibdurlar
va to‘rt so‘z bila ixtisor qilibdurlar. Ikisini doyim yod qilmoq kerak va ikisini unutmoq kerak. Burung‘i
ikidin biri o‘zi qilg‘on yaxshilikdur va biri g‘ayri qilg‘on yomonlig‘.
Luqmonning g‘arib holoti va nofi’ maqoloti ko‘ptur. Bu muxtasarda muncha bila qanoat qilildi.
R u b o i y:
Luqmonniki ba’zi dedilar payg‘ambar,
Ba’zi dedilar hakimi pokiza siyar.
Uch ming yashabon bu dayrni qildi maqar,
Ming muncha ham o‘lsa, qilg‘uluqdur bu safar.
Yunus binni Mato a. s. otasi oti bila mashhurdur. Otasi Dovi binni Ya’qub a. s. naslidindur,
mursal. payg‘ambardurkim, «qolallohu taolo va inna Yunusa laminal mursalin»
52
. Agarchi Sulaymon
a. s. zamoni-din anga degincha, balki Sulaymon a. s. avlodidin erdi, ammo chun hech tarixda marbut
topilmadi. Yunus a. s. chun Sulaymon a. s.din so‘ngra, mursal payg‘ambar erdi, andin boshlandi. Ani
Tengri taolo mab’us qilib, Suy eliga yibordi. Va Suy eli ani nubuvvatga takzib qilib, Yunus a. s. g‘azab
qildi va xalqig‘a yomon duo qildi. Va ruxsati ilohi bo‘lmay, ahlu ayoli bila xalqning orasidin chiqib,
alardin andoq maxfiy bo‘ldikim, agar Tengri taolodin qavmig‘a balo kelsa, ani duo qilurg‘a
topmag‘aylar. Tengri taolo xotimal-anbiyo salavotullohi alayhi va alo olihig‘a sabr qilmoqqa amr qilib,
Yunus a. s. qilg‘onidin nahy qilurkim, «Fasbir lihukmirabbika va lo takun kasohibin huti»
53
Chun
Yunus a. s. eldin chiqti, qavmig‘a Tengri taolo bir bulut yibordikim, andin o‘t yog‘ar erdi. Qavm muni
ko‘rgach, Yunus a. s.ni tilay boshladilarkim, iymon keturgaylar. Chun bildilarkim, Yunus a. s. alar
topqudek bormaydur, dedilarkim, Yunus a. s. bo‘lmasa Yunus a. s. Tengrisi hozirdur. Borchalari
o‘g‘ul-ushoqlari bila boshlarin yalong qilib, tazarru’g‘a mashg‘ul bo‘ldilar va tavba va inobat qila
boshladilar. Chun tavbalarida sodiq erdilar, Tengri taolo qabul qilib, ul baloni alardin daf’ qildi. Ammo
Yunus a. s. alardin ayrilg‘onda kemaga kirib, bahr yuzinda bir azim bolig‘ og‘zin ochib, kema ahlig‘a
qasd qildi. Borcha ittifoq qildilarkim, bir kishini anga tu’ma bergaylar. Necha qotla qur’a soldilar.
Yunus a. s.g‘a qur’a tushub, Yunus a. s. bildikim, mag‘zub bo‘lubdur. Uznni bolig‘ og‘zig‘a tashladi.
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |