Microsoft Word navoiy tarixi anbiyo va hukamo lotin ziyouz com doc



Download 303,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/48
Sana26.04.2022
Hajmi303,03 Kb.
#583049
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
Bog'liq
alisher navoiy . tarixi anbiyo va hukamo ( lotin)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
28
erdi va Iysho ani shubonliqqa ta’yin qilib erdi va anga ajib holot mushohada bo‘lur erdi. Chun Ashmuil 
a. s. Kalbos urushig‘a Tolutni muqarrar qildi, vahy keldikim, Jolutning qatli Iysho avlodidin ul birining 
ilikidadurkim, falon zirih aning bo‘yig‘a rostdur. Ashmuil a. s. Iyshoning avlodidin tilab, o‘n iki 
og‘oinining bo‘yig‘a rost kelmadi, Iyshog‘a aytti: yana o‘g‘lung bor esa, keltur! Iysho ayttikim, bir 
o‘g‘lum borkim, qo‘y kutar. Ammo anga bu ish qobiliyati no‘qtur va ani tilamak befoydadur. Ashmuil 
a. s. aning so‘rog‘in so‘rub, borib topti. Qo‘yin suvdin o‘tkaradur erdi, suv ulug‘roq jihatidin qo‘ylarni 
ikirar-ikirar ko‘torib o‘tkarur erdi, Ashmuil a. s. ko‘rgach, bildikim, nubuvvat shafqatining osoridur. 
Aning bila muloqot qilib dedikim, sanga o‘z ahvolingdin g‘aribosor hech ma’lum bo‘lurmu? Dovud a. 
s. aytti: bo‘lur. Sharhini so‘rdi ersa, ko‘p g‘arib osor bayon qildi. Ul jumladin biri bukim, keldikim, bir 
tosh maning birla takallum qildikim, men ul tosh menkim, maning bila Horun a. s. falon dushmanini 
halok qildi. Va men ul toshni olib to‘brag‘a soldim. Yana iki tosh ham ushbu dastur bila biri Muso a. s, 
biri Ibrohim a. s. dushmanini o‘lturubbiz, bizni dag‘i ko‘tor, deb ayttilar. Alarni ham to‘brag‘a solib, 
solg‘ondin so‘ngra ucholasi tosh bir bo‘ldi. Ashmuil a. s. Dovud a. s.g‘a nubuvvat va saltanat 
bashoratin berib, Tolut qoshig‘a kelturdi. Va Tolut kuyovliki va mulk sherkati va’dasi berib, Dovud a. 
s. Jolut maydonig‘a kirib, ul toshni anga otib, qodir qudrati bila ani halok qilib Jolut bani Isroilg‘a 
mag‘lub bo‘ldi, Va Dovud a. s. Tolut va’dalarig‘a vafo tiladi. Tolut ko‘p xizmat buyurg‘ondin so‘ngra, 
qizin anga berdi. Va bani Isroil qoshida Dovud a. s. ning izzu sharafi ortti. Va Tolut vahmdin 
pushaymon bo‘lub, Dovud a. s. qasdig‘a bel bog‘ladi. Dovud a. s. andin qochib, maxfiy yurur zrdi. 
Tolut ko‘b kishi aning topmog‘ig‘a ta’yin qilur erdikim, o‘lturgay. Bani Isroil ulamo va ahborini 
qatlg‘a yetkurdikim, bu toifadin hech kishi qolmadi. Va bu ish vuqu’idin so‘ngra nodim bo‘lub, 
parishon hol go‘ristonlar kezar erdikim, ne qilsam tengrk taolo tavbamni qabul qilg‘ay. Bir 
mustabojud-da’va zaifa qolib erdi, anga tavassul qilnb, holin dedi. Ul Ashmuil a. s. qabri boshig‘a 
borib, duo qildi. Ashmuil a. s. qabridin chiqib ayttikim, oni jihod qilsangkim, o‘n o‘g‘lung ilayingda 
shahid bo‘lsalar, so‘ngra o‘zung shahodat topib, Tengri taolo tavbangni qabul qilg‘ay, deb yana 
qabrig‘a kirdi. Va qabr butti. Va Tolut Ashmuil buyurg‘onini bajoy kelturub, bani Isroil andin xalos 
bo‘ldilar. Bu holdin so‘ngra, Dovud a. s. nubuvvat baland poyasi bila saltanat piroyasig‘a musharraf 
bo‘ldi. Va aning sha’nida bu oyat keldikim, «Yo Dovudu inno jaa’lnoka xalifatan fil arzi fahkum 
baynannosi bil haqqi»
41

Va derlarki azimati bir yerga yettikim, to‘rt ming kishi kecha anga nigohbonlig‘ qilurlar erdi. Va 
mu’jizotidin biri hasan savtdurkim, Tengri taolo anga nasib qildi. «Zabur»ni anga irsol qildikim, 
qachon ul savt bila «Zabur»ni o‘qusa erdi, vahshu tayr, jinu ins yig‘ilib, behol bo‘lurlar erdi. Va ul 
gohlar o‘zga libos kiyib, ani tonimas eldin istifsor qilur erdikim, Dovud sizing bila nechuk maosh 
qiladur. Bir kun anga masmu’ bo‘ldikim, Dovud a. s.ning aybi budurkim, baytul-moldin maosh 
o‘tkaradur. Mutaassir bo‘lub, Tengri taolodin bir san’at istid’o qildikim, vajhi maosh andin hosil 
qilg‘ay. Tengri taolo zirhgarlik. san’atin anga karomat qildi. Yana bir mu’jizasi bu erdikim, 
zirhgarlikka hojati ifzor yo‘q erdikim„ temur ilikida mumdek yumshar erdi. Yasalg‘ondin so‘ngra o‘z 
holig‘a borur erdi. Rivoyatdurkim, har qachon Dovud a. s. tasbih va tahlilg‘a mashg‘ul bo‘lsa erdi 
tog‘u tosh va davobu ashjor aning muvofaqatig‘a tasbihg‘a ishtig‘ol qilurlar erdi. Va ul avqotin to‘rt 
qism qilib erdi. Bir kun ulamo bila suhbat tutub dars va ta’limg‘a mashg‘ul bo‘lur erdi. Va yana bir 
kun quzzo masnadig‘a o‘lturub, xaloyiq qazoyosin bir-birdin o‘tkarur erdi. Yana bir kun o‘z haramlari 
bila zist qilur erdi. Yana bir kun munojotda der erdikim, yorab, saning hazratingda ne nav’ maosh 
qilsamkim, sanga mustahsan tushgay? Xitob kelur erdikim meni ko‘p yod qil va men sevgailarni sev, 
xaloyiqqa o‘z nafsingg‘a hukm qilg‘ondek qil va g‘oyib qardoshing farroshidin muhtariz bo‘l! 
Manquldurkim, bani Isroil ulamosi bir kun dedilarkim, oyo, hech bandag‘a bir kun o‘tgaymukim, 
andin zillati vujudqa kelmagay? Dovud a. s. dedi: shoyad mendin ibodat qilur kun kelmagay. Va bu 
xiyol bila ibodat kuni ishga mashg‘ul bo‘ldi. Ko‘rdikim, bir g‘arib ranglik farishta, kabutar chiroyliq 
erdi, ravzandin kirib, aning qoshinda qo‘ndi. Dovud a. s.g‘a qil-g‘on xiyolin unututturdilar. Ul qushni 
tutarg‘a mayl qilg‘och, ul qush ravzandin chiqib, tomg‘a qo‘ndi. Dovud. a. s. ani tutmoqg‘a tomg‘a 


Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo 

Download 303,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish