Microsoft Word navoiy tarixi anbiyo va hukamo lotin ziyouz com doc



Download 303,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/48
Sana26.04.2022
Hajmi303,03 Kb.
#583049
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48
Bog'liq
alisher navoiy . tarixi anbiyo va hukamo ( lotin)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
24
yozug‘laringiz uzri uchun Tengri hazratida tazarru’ qilib, talabi mag‘firat qiling! Alarkim amr baho 
kelturdilar, mag‘fur bo‘ldilar. Ba’zi ul so‘zga istehzo qildilar. Osmondin bir o‘t tushub, mustahziy elni 
o‘rtadi. Va Yuvsha’ a. s. Dori shahrini fath qilib, Balqog‘a mutavajjih bo‘ldilar. Va Boliq degan anda 
podshoh erdi. Bal’am Bo’urki, mustajobud-da’va erdi, ul shahrda erdi. 
Yuvsha’ a. s. muhosara qilg‘ondin so‘ngra Boliq istido’sidin duo qildikim, Yuvsha’ a. s. sipohi 
munhazim bo‘ldi. Yuvsha’ a. s. munojot qildikim, xitob keldikim, bu shahrda bir banda biznig ismi 
a’zam bila duo qilur. Bu inhizom aning duosidin bo‘ldi. Yuvsha’ a. s. dedikim, bori xudoyo, chun 
g‘ayri mavqe’ duo qildi, ul ismni anga unuturg‘il. Tengri taolo Yuvsha’ a. s. istid’osi bila ul ism 
Bal’am zamiridin mahv bo‘ldi. Yana Yuvsha’ a. s. sipoh yig‘ib, ul shahrni muhosara qildi. Bu qotla 
xush shakl fohishalarni shahrdin chiqardilarkim, bani Isroildin har kim zino qilsa erdi, Tengri taolo 
balo yiborur erdi. Birov ul favohishdin biri bila zino qilg‘och, orolarig‘a toun tushti. Ul kishi bila ul 
fohishani o‘lturub, xalq tazarru’ qilib, Yuvsha’ a. s. duosi bila Tengri taolo ul baloni daf’ qildi. Andin 
so‘ngra Yuvsha’ a. s. ul shahrni fath qildi va a’moliqa qatlig‘a hukm qildi. Va Bal’am ham ul 
maqtullar orasida, chun islom tarkin qilib erdi, do‘zax azimati qildi, jum’a sabohidin shomig‘acha 
yoqin qatl erdi. Va a’moliqadin xotirjam’ bo‘lmaydur erdi. Bani Isroilg‘a shanba kechasi va kuni ham 
toatdin o‘zga ishga ruxsat yo‘q erdi. 
Yuvsha’ a. s. duosi bila Tengri taolo kunni mag‘rib soridin qoytorib, falakda oncha tavaqquf 
berdikim, qavm dushman ishidin forig‘ bo‘lub, o‘z ibodatlarig‘a mashg‘ul bo‘ldilar. Va gunashni 
Yuvsha’ a. s.din boshqa Tengri taolo Sulaymon a. s. bila amirul-mo‘minin Ali karramullohi vajha 
mo‘‘jiza va karomatidin mag‘ribdin mashriq sori harakat berdi. Har qoysi o‘z yerida kelgay, inshoalloh 
taolo. 
Va Yuvsha’ a. s. bu fathdin so‘ngra O’y degan shahrni ham fath qilib, zlidin o‘n iki ming kofirni 
qatl qildi. Va ul diyorda ko‘p xalqni islomg‘a kiyurdi. Va mag‘rib zaming‘a azm qilib, ko‘p bilod olib
o‘tuz bir podshoh kuffordin o‘lturub qoytti. Va muncha g‘aroyib taqriban yeti yilda bo‘ldi. Va andin 
so‘ngra, yigirmi yil xalqni «Tavrot» mutolaasig‘a ta’lim qildi. Andin so‘ng qazo yetti. Va ba’zi 
islomg‘a kirganlardin ham murtad bo‘ldilar debdurlar. Kolut binni Buqyoni o‘z xilofatig‘a musharraf 
qilib, xalqni anga topshurdi va olamdin vido’ qilib chiqti yoshi ba’zi rivoyatda yuz o‘n va ba’zida yuz 
yigirmi yetidur. Vallohu a’lam. 
Sh ye ‘ r: 
Yuvsha’ki, solib kufr ahli ko‘ngliga xarosh, 
Muso dinida el bila qildi maosh. 
Har necha quyoshda ayladi mu’jiza fosh, 
Oxir qaro yerga kirdi andoqki quyosh. 
Kolut binni Yufno a. s. ko‘prak ulamo qoshida mursaldur. Yuvsha’ a. s.din so‘ngra bani Isronlni 
yaxshi zabt qilib, mulk ochti. Oxirul-amr Salm xayyomig‘a sipoh tortib, malik Boraqni asir qildi. Va ul 
ko-fire erdnkim, yillar jabbor sifatlig‘ bila saltanat qildi. Derlarki, yetmish podiyuh va podshohlin 
doiya qilg‘onlar aning hibsida erdilarkim, bormog‘larin kesib erdi. Shom taomi tortilurda alarni hozir 
qilib, ilaylariga taom qo‘idilar va alar og‘izlarin yerga kelturub, i
Ђ
lardek nima yerlar erdi. Kolut aning 
bila ham bu muomalani qildi. Chun bu fath dast berdi, Kolut qavmni Misrg‘a olib keldi va ko‘p vaqt 
ham nubuvvat va ham saltanat surdi. Oqibat o‘g‘li Nusho Qavsga saltanatni musallam tutub, valiahd 
qilib, olamdin o‘tti. Muddati zamoni necha yil erkani ma’dum ermas uchun bitilmadi. 
R u b o i y: 
Kolutki, Yuvsha’ vasiy etti oni, 


Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo 

Download 303,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish