www.ziyouz.com
kutubxonasi
25
Ko‘p vaqt erdi olam aro davroni.
Ham shahlig‘ va ham nubuvvat erdi shoni,
Gar shohu gar nabiy bo‘lurlar foni.
Hizqil a. s. Xaloyiq ani Abula’juz dedilar. Sharhi bukim, atosining iki xotuni bor erdi. Aning
anosig‘a farzand bo‘lmas erdi. Va yoshi ham ulg‘oyib erdi. Ammo yana bir xotundin o‘n o‘g‘li bor
erdi. Va bu xotun andoqki, zuafo rasmidur, ul birga ham o‘g‘ulsizliq jihatidin ham ta’n qilur erdi, ham
ajuzalig‘ jihatidin shamotat ko‘rguzur erdi. Ajuza aning shamotatidin mutaassir bo‘lub, bir kecha tong
otquncha munojot qilib, Tengri taolodin bu baloning ilojin tiladi. Tengri taolo aning duosin bu nav’
mustajob qilibdurkim, ul o‘n iki yoshtin yigit bo‘ldi. Va Hizqil a. s.ning atosidin homila bo‘lub, Hizqil
a. s. vujudqa keldi. Bu jihatdin ani Abulajuz debdurlar. Tafsir ahli qoshida muxolifatdur, bu bobdakim
ul payg‘ambarkim, qavmini Tengri taolo isyonlari jihatidin halok qildi va ul duo bila borchasin
tirguzdi, Yuvsha’dur, yo Ushmul, yo Hizqil a. s. Va debdurlarkim, asah uldurkim, Hizqil a. s. bo‘lg‘ay.
Ul voqea bu nav’durkim, Hizqil a. s.g‘a amr bo‘ldikim, Ilyo shahrig‘a borib, kufforni ding‘a dalolat
qilg‘ay. Va ba’zi Doron degan shahrni debdurlar. Hizqil a. s. amrni bu qavmg‘a targ‘ib qildi. Qabul
qilmadilar. Qahri yalohi qavmni toun balosig‘a mubtalo qildi. Qavm ul balo maxlasig‘a jalo ixtiyor
qildilar. Chun mulklaridin bir miqdor yo‘l chiqdilar, bir hoyil un osmondin kelib, borchasi halok
bo‘ldilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu alarni to‘rt ming debdur va Hasan sekiz ming va Vahb binni
Munabbih sekson ming. Har taqdir bila, chun borcha halok bo‘ldilar, kishi yo‘q erdikim, alarni dafn
qilg‘ay. Islonib etlari so‘ngaklaridin ayrildi. Hizqil a. s. e’tikofidin chiqib, chun qavmg‘a o‘tub, ul
holni ko‘rdi, ko‘ngliga riqqat bo‘lub, duo qildikim, Yorab, bu xalqni tirguz! Duosi mustajob bo‘ldi,
Tengri taolo alarni borchasin tirguzdi. Bo vujudi bu g‘arib hol qavm gohi Hizqil a. s. amrig‘a muti’
erdilar, goh emas erdilar. Muborak xotiri alardin malul bo‘lub, vatandin hijrat qilib, Bobilg‘a bordi. Va
anda muddate bo‘lub, Tengri taolo hukmin butkardi. Va muborak marqadin Hilla bila Kufa orasida
ham debdurlar.
R u b o i y:
Hizqil erdi rasuli pokiza sifot,
Mursal dedilar nubuvvatin borcha siqot.
O‘lganlar agarchi damidin topti hayot,
O‘lmakdin o‘ziga bo‘lmadi lek najot.
Ilyos a. s. Horun a. s. naslidindur. Ba’zi ani Idris debdurlar, bu man’i bilaki, aning ruhi va haqiqati
bu surat bila noqislar takmili uchun zuhur qilmish bo‘lg‘ay. Ba’zi ham musallam tutmaydurlar.
Rivoyatdurki, Hizqil a. s.din so‘ngra bani Isroig‘ orasida millat haysiyyatidin ko‘p bulgonchug‘luq
voqe’ buldi. Ul nav’ki, Muso a. s. dini arodin chiqti va «Tavrot» ahkomi unut bo‘ldi va anvo’ butlar
yasab, ul qavm butparastlig‘qa mashg‘ul bo‘ldilar va fisq va isyonlari haddin o‘tti. Haq taolo Ilyos a.
s.ni alarning hidoyati uchun mab’us qildi. Va Ilyos a. s. alarni Tengri taolog‘a dalolat qildi. Hech kishi
Ilyos a. s. so‘zin qabul qilmadi va aning qatli qasdig‘a mashg‘ul bo‘ldilar. Ilyos a. s. amri ilohi bila
alarning arosidik chiqib tog‘lar arosida mahfiy maosh o‘tkarur erdi, to ulki Ba’labak podshohi bir azim
but yasab, otin Ba’l qo‘ydi. Va borcha ishda istionat andin qilur erdi. Va sevar o‘g‘li xasta bo‘ldi. Har
necha aning sihatin istid’o qildi, foyda topmadi. Xotuni makkorai qattola g‘arib erdi. Bani Isroildin
yegi podshohg‘a tegib erdi. Har birin bir hiyla bila o‘lturub va yetmish farzand ul salotindin hosil qilib
erdi. Va Ilyos a. s.g‘a bag‘oyat dushman erdi va aning qatlig‘a ko‘p sa’y qilur erdi. Va o‘g‘li shifosig‘a
Shom viloyati butlaridin istimdod uchun jamoati kasir yiborib erdi. Ilyos a. s. chun alarg‘a uchrab
dedikim, ey nodon qavm, bu ja-modlardin hech naf’ va zarar yo‘qdur, nega anga marau bergan
xoliqdin shifosin tilamassiz? Qavmg‘a aning so‘zi haybatidin titrotma tushti. Kelib podshohqa
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |