www.ziyouz.com
kutubxonasi
20
Muso a. s. bila haq subhona va taolo tilsiz takallum qildi va o‘n lavh yibordi. Va anda shariat
ahkomi marqum erdi. Va Muso a. s. ru’yat isti’dosi qilib muyassar bo‘lmadi. Chun rafiqlari qoshig‘a
keldi, ul qavmlari haq taolo kalomin eshiturni istid’o qildilar. Borchani g‘azabi ilohi halok qildi. Yana
Muso a. s. qoytib, qavmg‘a mulhaq bo‘ldi, ul o‘n kun jihatidinkim mav’idg‘a o‘tub erdi, qavm Somiri
ig‘vosi bila go‘solaparast bo‘lub erdilar, magar o‘n iki ming kishikim isbotdin erdilar.
Muso a. s. bu holdin mutaajjib bo‘lub, Horung‘a g‘azab ogoz qildi. Horun a. s. masmu’ uzr etib va
Somiri bobida yomon duo qildi va go‘solani kuydurdi. Va qavm bobida haq taolodin xitob keldikim, ul
o‘n iki ming kishikim go‘sola parastish qilmaydurlar, jami’ bani Isroil elini qatl qilsunlar. G‘arib
rustoxez tushti va ajib qatl voqe’ bo‘ldi. Yana Muso a. s. duosi bila Tengri taolo alarning qolg‘onin
bog‘ishladi va tig‘ yurumas bo‘ldi. Muso a. s. buyurdikim, qatldin ilik torttilar. Yana Muso a. s. borib
munojot qildi, «Tavrot» nozil bo‘ldi. Va ul qirq mujallad erdi. Va aning ahkomin qavm eshittilar va
qabul qilmadilar va dedilar: «Sami’no va asayno»
31
. Muso a. s.g‘a yana malolat bo‘lub, Jabrail a. s. Tur
tog‘ini yerdin ko‘torib, ul qavm boshi ustiga kelturdikim, Tengri taolo hukmin eshitmasalar,
boshlarig‘a urg‘aylar. Zaruratdin sajda qildilar, ammo vahmdin bir yuz bila sajda qilib, bir ko‘zlari
yuqori tog‘ sori erdikim, tog‘ tushmagay. Andoqki, yahudg‘a bu dastur bo‘ldikim, emdi dog‘i bir
yuzlari bila sajda qilurlar. Chun qavm din qabul qildilar, yana Muso a. s. duosi bila ul tog‘ alar boshi
ustidin g‘oyib bo‘ldi. Va, to‘rt ahkomi olti yuz o‘n uchga qaror tutti. Va Muso a. s. qavmini boshlab,
Misrg‘a mutavajjih bo‘ldi. Va Muso a. s. seksen yashag‘onda Tengri taolo amri bila bir sanduq yasab,
javohir bila murassa’ qilib, alvohi samoviyni anda solib, tegrasiga haftrang debodin shodurvon va
saroparda tikib, aning muhofazatin Horun a. s. va avlodig‘a muqarrar qildi. Va ani sanduqush-shahoda
dedilar. Va ul tavobe’ baytul-muhaddasqa shuhrat tutti. Va bu uchurda bani Isroil Omil otlig‘ kishini
qardoshining iki o‘g‘li moli uchun o‘lturub, iki qavm orasig‘a soldilar va qotilni topmoq uchun Muso
a. s.g‘a ilhoq bunyod qildilar. Muso a. s. ul iki qavmg‘akim, maqtul alarning orasida tolilib erdi,
qassomag‘a hukm qildi. Alar qabul qilmadilar va dedilarkim, duo qil, to qotil topilsun. Duo qildi.
Tengri taolo hukm buyurdikim, bir o‘yin kelturub o‘lturung va aning bir uzvini maqtulg‘a urung, to
aytsunkim, qotili kimdur. Alar o‘y sifatida ilhoh qilib, o‘zlariga ishni dushvor qildilar. To ish anga
yettikim, bir o‘ykim o‘rta yoshlig‘, rangi sorig‘, ziroat va yuk zahmatin ko‘rmagan bo‘lg‘ay va nopok
yerda o‘tlamamish bo‘lg‘ay va umrida anga mashaqqat yetmamish bo‘lg‘ay, topquluq bo‘ldilar.
Andoqkim, Baqara surasida mazkurdur. Va topqondin so‘ngra iyosi bahosida mubolag‘a qilib, o‘y
terisini yormoq to‘ldurub anga berur va’dasi bila o‘yni olib o‘lturdilar. Va etidin o‘lukka urub, o‘luk
tirildi. Va Muso a. s. andin qotilin so‘rdi. Ul iki qotilni ko‘rguzdi va hamul zamon Tengri hukmin
butkardi. Muso a. s. qotillarin qasosqa yetkurdi va ul o‘yni kuydurub, kulin asradilar. Har qachon bu
nav’ ish voqe’ bo‘lsa, aning kulidin ham bu xosiyat topar erdilar. Va ul mo‘‘jiza Horun a. s. avlodida
erdi.
Va bu voqeadin so‘ngra, bani Isroilg‘a Qurbon farz bo‘ldi va Qoron jo‘yasida Shu’ayb a. s. kelib,
Muso a. s. ni ko‘rdi. Muso a. s. azim jashn qilib, Shu’ayb a. s. ni znyofat qildi. Va Shu’ayb Muso a.
s.g‘a buyurdikim, sibtining rayosatni bir kishigakim, alar orasida aql va kiyosat va shijoat bila orosta
bo‘lg‘ay, muqarrar qildi. Va ul xaloyiqning adadin daftarlarda mastur qildilar. Olti yuz mingdin
ortug‘roq erdilarkim, yigirmi yosh bila ellikning orasida erdilar. Shayx va shabobining nihoyati yo‘q
erdi. O‘n iki kishi bularg‘a sardor bo‘ldilar. Va bu vaqt havoning harorati chog‘i erdi. Haq taolo Muso
a. s.ning cheriki ustiga doim bir qaro bulut yiborib erdikim, ko‘lanka qilgay.
Nogoh Horun bila Maryamning xiyollarida bu kechtikim, nasab va hasabda biz Musodin kam
emasbiz va bashariyat jihatidin bir necha nima Muso a. s. nisbatig‘a. Dedilarkim, ul hazrat ul
nimalardin biri erdi. Ul bulutdin bu ish man’ig‘a nahiyb un keldikim, ey bani Isroil, sizga ne hadkim,
Muso a. s. bila o‘zunguzni teng tutqaysizkim, bu kungacha barcha mursal payg‘ambarlarni Jabrail
vositasi bila va ilhom bila va ro‘yo bila o‘z xitobimizg‘a musharraf qilibmiz. Va anga vositasiz o‘z
kalomi majidimizga takallum qilibbiz va anga berilgan mo‘‘jizot hech rasulg‘a berilmaydur. Bu un
murtafn’ bo‘lg‘och, ul bulut dog‘i g‘oyib bo‘lub havo ostida harorat topib, Horun a. s. bila Maryam
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |