www.ziyouz.com
kutubxonasi
12
Davron anga dog‘i uzr qo‘ldi.
Yusuf a. s. qissasi andin mashhurroqdurkim, ehtiyoj aning tafsilina bo‘lg‘ay, nevchunki g‘arobat
va shirinligi uchun akobir ham nazm va ham nasr aning sharhi asbobin tuzubdurlar va bayonida sehrlar
ko‘rguzubdurlar. Ul jumladin biri Firdavsiy Tusiy va yana biri hazrat maxdumi Mavlono Nuriddin
Abdurahmon al-Jomiy navvarallohu marqadahukim, andoqkim Yusuf a. s.ning husni va jamoli
ta’rifdin mustag‘niydur. Alarning dog‘i fazl va kamolig‘a vasf hojat emas. Yana xoja Mas’ud Iroqiy
ham nazm qilibdur va balog‘atning dodin beribdur. Yana dog‘i azizlar mushg‘ulluq qilibdurlar.
Bovujudi bular bu bebizoatki, ham iborat roqimdindur. Komi xotirg‘a bu orzuni kechururkim,
inshoolloh umr omon bersa, turk tili bila-o‘q kofurchun varaq uzra xomani mushkin shamomani
surgay. Va bu qissa nazmin ibtido qilib, intihosig‘a yetkurgay.
Haq bu tavfiqni nasib etgay,
Yo nasib ulcha tangridin yetgan.
Bas, bu muxtasarg‘a qissani ijmol rasmi bila ado qilmoq ansabdur.
Yusuf a. s. bani odam jinsining jamilrog‘idur. Bir kun o‘z yuzin ko‘zguda ko‘rub, andoqkn husn
istig‘noyu g‘ururg‘a muqtazodur, ko‘ngliga kechtikim, oyo agar men qul bo‘lsam erdi, mening
bahomni kim bera olg‘ay erdi. Chun bu xiyol dalolat bemisllikka qilur, ulkim «laysa kamislihi shay’un
va huvas-sami’ul-basir»,
16
aning sha’nidadur. Haq taolo g‘ayrat ko‘rguzub, andoq qildikim, og‘olari
Yusufni o‘n yeti qalb diramg‘a sottilar. Va muning kayfiyati bu erdikim, Yusuf a. s. tush ko‘rub
erdikim, gunashu oy va o‘n bir kavkab anga sajda qildilar. Bu tushni Ya’qub a. s.g‘a ayttikim.
«Vaizqola Yusufu liabihi yo abati inni raaytu ahada ashara kavkaban vash-shamsa valqamara
raaytuhum li sojidina»
17
andin xabar berur. Ya’qub a. s. ayttikim, bu tushungni qardoshlaringdin
yoshurkim, alardin senga osib tegmagaykim, bu tushning ta’biri budurkim, otayu ona va qardoshlaring
senga muhtoj bo‘lg‘aylar. Chun taqdiri olihi Yusuf a. s.ning mehnatlarig‘a mutaalliq bo‘lub erdi,
qardoshlari ul tushni va otalari ta’birin eshitib, mutag‘ayyir bo‘lub, Yusuf a. s. qasdig‘a bel bog‘ladilar.
Va o‘zlarin Yusuf alayhis-salomg‘a mushfiq ko‘rguzub, Ya’qub a. s.din ani gashtka elturbiz deb
yozig‘a borib, ani chohg‘a solib, ko‘nglokin qo‘y qonig‘a bulg‘ab, Yusufni bo‘ri yedi deb, qonlig‘
ko‘nglokin Ya’qub a. s. qoshig‘a kelturdilar. Va Ya’qub a. s.ni muhlik motamg‘a va o‘chmas o‘tqa
soldilar. Va hamul uchurda ul choh boshinda bir karvon tushub, chohg‘a dalv solib, anda birov bor
ekanin bilib, Yusuf a. s.ni chohdin chiqardilar. Va qardoshlari xabar topib, ul karvong‘a borib Yusuf a.
s.ni bizing qulumizdur debkim qochib edi deb, ul qofilaning ulug‘i bilakim, oti Molik binni Zi’ar
Xazoiy erdi, o‘n yeti yo yigirmi diramg‘a sottilar. Va Molik bu savdodin masrur erdikim, Misrda aning
bahosidin sud mutasavvar erdi. Yusuf a. s.da za’f va shikastaliq ul martabada erdikim, Molikning ul
so‘zin eshitib, o‘z-o‘zi bila aytur erdikim, bu musulmonkim mening bahomdin o‘zin xurram qilibdur,
bu hol bilakim men-men iki oqchag‘a olg‘oylarkin ul olibdur. To ish anga yettikim, Misrda aning vazni
bila yeti qotla mushk vazn qilib, Malik Rayonning xozinnkim, Misrning azizi erdi, Yusuf a. s.ni sotqun
oldi. Va azizning Zulayxo otlig‘ xotuni bor erdi, Yusuf a. s.g‘a oshiq bo‘ldi. Har necha o‘zin zabt qilur
erdikim, ani xadq ma’lum qilmag‘ay. Ammo betoqatlig‘ inon-ixtiyorin ilikdin chiqarur erdi, to ulki
Yusuf a. s. g‘a ishqin izhor qilib, qalb visol qildi. Yusuf a. s. ul matlubin imtino’ qilib, Zulayxog‘a
Tengri taolodin tasvif qildi va mavoiz va nasoyih izhor qildi. Va bu holatda Yusuf a. s. o‘n yeti yoshida
erdi. Chun Zulayxo Yusuf a. s.ni ul ishdin bag‘oyat mujtanib ko‘rdi, vahmdinkim azizg‘a izhor qilg‘ay.
Uzi aziz qoshida Yusuf a. s.din shikoyat qildikim, Yusuf manga izhori taalluq qilib, visol orzusi
izhorin qildi. Aziz tafahhue qilg‘ondin so‘ngra ma’lum qildikim, Zulayxo o‘z qilg‘onin Yusuf a. s.g‘a
tuhmat qilibdur. Bu ish Misr ahli orasida ishtihor topti. Va Misrning ashrofining zuafosi Zulayxog‘a
ta’n tili uzottilarkim, falon kan’oni qulg‘a oshiq bo‘lub, o‘zin xalq tiliga solibdur. Zulayxo ul ishda
muhiq erkanin sobit qilur uchun toin va tannozlarni ziyofat qilur uchun istid’o qilib, alar huzurida
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |