292. Abulhusayn Qarofiy r. t.
Oti Ali b. Usmon b. Nasr Qarofiydur. Va Qarofa Misr kentlaridindur. Debdurlarki, ul Dimyotda bo‘lur
erdi. Abulxayr Taynotiy va Abulhasan Soiig‘ Dinavarnnning shogirdidur. Umri yuz o‘nga yetti. Uch
yuz saksonda dunyodin o‘tti. Shayx ul-islom debdurki, Qa-rofiy o‘z vaqtida dunyoning yagonasi va
benaziri erdi. Bas haddunnazar va hozirul vaqt. Avom bila sunnin pa xavos bila orif va o‘zlukida
muvahhid erdi va nishoni xud gum! Va shayx ul-islom oxir umrida o‘n tanni ixtiyor qilib ermish.
Abulxayr Taynotiy va Qarofiy va Husriy va Ali Bundor Sayrafiy va Nasrobodiy va kichik Sirvoniy va
Nihovandiy va Qassob va Xaraqoniy va Toqiy. Va der erdikim, bular boshqadurlar. Bir qatla Qarofiy
kemada ihtisob qildi, ayog‘ iligin bog‘lab, daryog‘a tashladilar. Namoz chog‘i ani avvalgi safda
ko‘rdilar, tani o‘l bo‘lmaydur erdi. Shayx ul-islom debdurki, aning tirigini kishi o‘ltura oymaskim, ul
o‘zga ruh bila tirikdur. Ham shayx ul-islom dedikim, Sayyidus sodot Qarofiy debdurkim, chun sanga
bir nima bersalarki, xilofi sher’ bo‘lgay, vojibdur ani yashirmak.
Do'stlaringiz bilan baham: |