288. Bundor Husayn b. Muhammad b. Muhallab Sherozii q. s.
Beshinchi tabaqadindur. Kuniyati Abulhusayn, Sheroz ahlidin. Arjonda bo‘lubdur va qabri andadur.
Usulda olim erdi. Anga ulumda haqoyiqi rabboniydur, Shibliyning shogirdidur va Abu Abdulloh
Xafifniig ustodi. Shibliy aning qadrin biyik tutar erdi. Va Ja’far Haddod bila suhbat tutubdur. Uch yuz
ellik uchda dunyodin o‘tubdur. Ul yilki Shayx Abu Ali Kotib o‘tubdur. Va Shayx Abu Zur’a Tabariy
ani g‘usl, qilibdur. Andin so‘rdilarki, tasavvuf nedur? Dedikim, ahdqa vafo. Shayx ul-islom debdurki,
ahdqa vafo uldurkim, harne ko‘ngulga kechsaki, aning uchun qilayin, qilg‘aysen. Va Bundor
so‘zidurkim, [kimki Haq qarshisida xolis barcha narsani tark qilmas ekan, uning uchun butun
borliqning haqiqati – Haq s. t. hosil bo‘lmaydi]
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |