289. Abu Amr Nujayd q. s.
Beshinchi tabaqadindur. Oti Ismoil b. Nujayd b. Ahmad Sulamiy. Shayx Abu Abdurrahmonning jaddi.
Abu Usmon Hiriyning kibori ashobidindur. Uch yuz ellik yo oltmish oltida olamdin boribdur. Junayd.
q. s. ni ko‘rub erdi, vaqtining kibori mashoyixidin erdi. Hol talbisi va vaqt nigohdoshtida anga xush
tariqi erdi. Aning so‘zidurkim, [sukut so‘zga nisbataya ta’sirliroq va tezda yetib boradi]
1
. Va ham ul
deb-durki, [kimga nafsi aziz tuyulsa, dini xor ko‘rinadi]
2
. Va ham ul debdurki, [ehsonni tarbiyalash
ehsondan yaxshidir]
3
. Andin so‘rdilarki, ul nedurki, bandag‘a andin chora yo‘qdur? Dedi: [sunnatga
muvofiq banda-lik qilishni lozim ko‘rmoq va doimo muroqabada bo‘lmoq]
4
. Va ham ul debdurki,
[Alloh taolodan boshqasini do‘st tutish–vahshiylikdir]
5
.
Do'stlaringiz bilan baham: |