274. Ibrohim Jiliy r. t.
Jil yeridin ermish. Shukuhlik buzurg pir ermish. Bu toifaning vaqtin sofiy tutar ermish. Shayx
Abulazhar Istaxriy debdurki, ul ammzodasig‘a mubtalo bo‘ldi va ani nikohig‘a kiyuurdi. Va anga
andoq mash’uf bo‘ldikim, aning muhabbatidin bir lahza aning qoshidin qo‘pa olmas erdi. Bir kun
dedikim, bu ne ishdurki, men andamen; agar bu hol bila o‘tib, oxiratqa borsam, kim bo‘lg‘aymen?
Kecha qo‘pti va g‘usl qildi va namoz qildi va Tengri hazratida zorlig‘ qilib dediki, Ilohi, sen ul
avvalisenki, bor erding, mening ko‘nglumga hamul avvalg‘i holni karomat qil! Haiul zamon aning
holining ofatig‘a isitma yuzlanib, uch kundin so‘ngra o‘tti. Ibrohim ani dafn qilib, o‘z holu vaqti
boshig‘a bordi va ayog‘ yalang tavakkul bila bodiyag‘a kirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |