272. Abu Zayd Marg‘aziy Xurosoniy q. s.
Shayx ul-islom debdurkim, ul faqih erdi. Hajg‘a boradurg‘onda Kirmonshohqa yetishti Ibrohim
Shaybonni anda topti. Ul yil haj azimati tarkin qildi va aning suhbatin lozim tutti, o‘z ko‘nglining
imorati uchun. Andin so‘ngra uch haj guzorladi. Ul kunki, Xoja Abu Yazid olamdin o‘tti, azim yog‘in
erdi. Chiqara olmadilar, uyida-o‘q dafn qildilarki, majol topsalar, chiqarib eltkaylar va muqarrar
qilg‘an yerda qo‘yg‘aylar. Chun qabrini ochdilar, ani qabrda topmadilar. Shayx ul-islom debdurki, bu
valoyatni fiqhdin topmaydur erdikim, ul pir suhbati barakatidin topib erdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |