273. Ibrohim b. Ahmad Muvallid Sufiy Raqqiyq. s.
To‘rtunchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Ishoqdur va Raqqaning kibori mashoyixidindur. Abu
Abdulloh Jallo va Ibrohim Qassor Raqqiy bila suhbat tutub erdi. Uch yuz qirq iqkida dunyodin o‘tti.
Qardoshi Abulhasan ibn Ali Hamadon ani tush ko‘rdi va dediki, manga vasiyate qil! Ul dedi: [To
rabbing bilan uchrashguncha o‘zingga faqirlik va xorlikni lozim tut!]
1
. Ul debdurki, [faqrning haqiqati
shuki, banda Haq s. t. dan boshqaga biror narsada ehtiyoj sezmaydi]
2
. Va ham ul debdurki, ajab kelur
manga biravdinkim, bilgandin so‘ngraki, anga Tengri sarn yo‘ldur, aning g‘ayri bila nechuk
zindagonlik qilur. Va hol ulki Xudoyi taolo derki: [Parvardigoringizga qaytinglar va unga
bo‘ysuninglar!]
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: |