www.ziyouz.com
kutubxonasi
245
Maqom
– manzil, marhala, ma’navin mavqe, martaba, to‘xtam. Qushayriyning aytishicha, maqom
qulning takror asosida sifat holiga yetkazgani odob va axloqdir. Maqomga riyozat, mujohada ila
erishilur. Najmiddin Kubroga ko‘ra, «maqom yo‘lchilik yurg‘inligidan qutulmoq uchun istirohat va
qo‘noqlamakdir. Hol – qushning ikki qanoti, maqom esa uning uyasi yanglig‘dir.
Tavba, vara’, zuhd, faqr, sabr, tavakkul, rizo
– bular tariqat maqomlari erur. Tavba maqomi
talablarini bajarmasdan vara’ maqomiga, erishib bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, keyingi maqomlarda
ham biridan ikkinchisiga o‘tish ayni shu tartibda davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |