3-Seminar mashg`uloti



Download 14,33 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi14,33 Kb.
#793322
Bog'liq
3-mavzu sharq allomalari seminarga


3-Seminar mashg`uloti



  1. Qaffol ash-shoshiy o`rta osiyolik buyuk alloma.

  2. Abu ali Ibn Sino-o`rta osiyolik buyuk ensiklopedist alloma.



Toshkent — o‘rta asr arab manbalarida esa Shosh — tarix jarayonida ko‘plab shoir va adiblar, allomalar, riyozat va tabobat axllarini yetish-irgan. Ana shunday allomalardan biri Qaffol ash-Shoshiydir.
Qaffol ash-Shoshiyning to‘la ismi Abu Bakr ibn Ali Ismoil Qaffol ash-Shoshiy bo‘lib, arab manbalarida uning xurmatini bajo keltirish uchun nomiga katta, ulug‘ yo muxtaram ma'nosini ifodalaydigan «al-Kabir» so‘zini qo‘shib yozadilar. Bu bilan o‘tmishdoshlarim Qaffol ash-Shoshiyga nisbatan buyuk extiromni ifoda etganlar.Qaffol ash-Shoshiy hunarmand oilada dunyoga kelgan ko‘rinadi. Shu sababdan «Qaffol» — qulfsoz deb mashhur bo‘lgan. Qaffol ash-Shoshiy asli kulfsoz usta bo‘lib, kichik va nozik kulflar yasaydigan, qo‘li gul kishi bo‘lgan.
Ash-Shoshiy dastlabki ta'limni o‘z yurtida, keyinchalik Marka-ziy Osiyoda mavjud ma'rifat o‘choqlarida oladi. Samarkand, Buxoro, Termiz kabi shaharlarni kezadi. Bu yerlarda undan sal oldinroq o‘tgan va anchagina meros qoldirgan Imom Ismoil al-Buxoriy (810—870), Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824—892) kabi yirik mutafakkir olimlar merosi bilan tanishadi, ulardan bahramand bo‘ladi. U bir-muncha vaqt Samarkdndda yashab, u yerda ta'lim oldi. Qaffol ash-Sho­shiy kattiq kirishib, fikxshunoslikni o‘rganadi. Zero bu fan musulmon Sharq o‘lkalarida juda keng tarqalan va ijtimoiy xayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu fanni egallagan kishilar hamma joyda qadrlanar, ularga zarurat ham katta, chunki ijtimoiy xayotda qonunshunoslikka talab katta bo‘lib turishi tabiiy edi. Qaffol ash-Sho­shiy fiqh ilmini egallash bilan birga fikr doirasi o‘ta keng, falsafa, mantiq, adabiyot sohalarini ham puxta egallagan, bu sohalarda eng bilimdonlar bilan munozara qila oladigan kudratga ega bo‘lgan bir zot edi.
Qaffol ash-Shoshiy doimo ilm-ma'rifat istagida qo‘nim topmay, bir o‘lkadan ikkinchisiga — ilm chashmalaridan Bahramand bo‘lish niyatida Yaqin va O‘rta Sharq mamlaqatlarini kezadi, Xijoz, Bag‘dod, Damashq, kabi shaharlarga boradi, u yerlarda zamonasining ko‘zga ko‘rin-gan olimlaridan ilm-ma'rifat urganadi. Qaffol ash-Shoshiyning ustozlariga qarab ham uning bilimi, kanday fanlarni urganganligini bilish mumkin. Manbalarning ko‘rsatishicha. Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunoslik va tarix sohasida-gi ustozi mashhur olim at-Tabariy (839—923) edi. Ma'lum bo‘lishi-cha, Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy musulmon Sharq; mamlakatlarining eng yirik tarixchisi bo‘lib, ko‘p jildlik asarlar muallifi edi.
Qaffol ash-Shoshiyning ikkinchi yirik ustozi Abul-Xasan Ali ibn Abu Muso al-Ash'ariy (873—941) edi.
Qaffol ash-Shoshiy 976 yili Toshkentda vafot etgan va shu yerda dafn etilgan. Xozir Toshkentning xalq orasida «Xasti-mom» deb ataladigan joy shu mu'tabar zotga nisbatan aytiladigan nom «Xazragi imom»ning qisqargani bo‘ladi. Aslida bu joyning nomi Xazrati Imom Qaffol ash-Shoshiydir. U kishining qabrlari tegrasida Toshkentda mashhur bo‘lgan mu'tabar zotlar dafn etilgan.Qaffol ash-Shoshiy maqbarasi Toshkentning kadimiy, ko‘zga ko‘ringan tabarruk bir qadamjosi sanaladi.


2) Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri — Abu Ali ibn Sino bo‘lib, u Ovro‘pada Avitsenna nomi bilan mashhurdir.
Ibn Sino (asl ismi Xusayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlog‘ida, xijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaldor oilasida tug‘ildi. 986 yilda ibn Sino oilasi Buxoroga ko‘chib keladi va shu vaqtdan boshlab yosh Xusayn boshlang‘ich ma'lumot olishga, ilm-fanni o‘rganishga kirishadi. Uning yoshligi, yigitlik choglari Somoniylar xukmronligining so‘nggi yillariga, xususan, Nux. II ibn Mansur Somoniy xukmronligi davri (976—997) ga tugri keladi.
Ibn Sino iste'dodli, xotirasi kuchli, zehni o‘tkir bo‘lganligidan o‘z davrida ma'lum bo‘lgan ilmlarni tezdan egallay boshladi. 10 yoshidayok Kuoni karimni boshdan-oyoq yod ukir edi. U o‘zidan avval utgan Sharqmutafakkirlarining asarlarini chukur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon ta-biiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan Aristotel, yevklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylarning asarlari­ni ham qunt bilan urgandi. 16—17 yoshidayoq ibn Sino mashhur tabib — xakim bo‘lib tanildi. Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha fakdt 160 ga yaqin asari yetib kelgan, xolos. Uning bizga ma'lum bo‘lgan katta asari «Kitob ush-shifo» («Shifo kitobi») 22 jilddan iborat bo‘lib, 4 ta katta bo‘limini mantik, fizi­ka, matematika, metafizikaga doir masalalar egallagan.
Download 14,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish