756. Tuhfa r. t.
Ul nisoning solihoti, balki vosilotidin ermish. Xazrati Mahdumiy n. m. n. «Nafohot ul-uns»da aning
zikrida ancha g‘aroyib va aning holotida ancha ajoyib bitibdurlarki, sharhg‘a rost kelmas. Bu
muxtasarda mundin ortuqroqning gunjoyishi yo‘q erdi. Ul holotqa ittilo’ tilagan, ul kitobdin tilasun!
757. Ummi Muhammad r; t.
Shayx Abdulqodir Gilonnyninng ammasidur. Derlarki, bir qatla Gilonda qurg‘og‘lnq bo‘ldi. Xaloyiq
istisqog‘a chiqdilar, yog‘in yog‘madi. Barcha xalq Ummi Muhammadning uni eshikiga keldilar va
yomg‘ir duosini tiladilar. Ummi Muhammad uyining eshikin supurdi va dedi: Xudoyo, men supurdum,
sen suv sep! Oz vaqt o‘tmadi, yog‘in tutti, andoqki degaylarki, meshlarning og‘zii ochiq qo‘ya
beribdurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |