720. Shayx Avhaduddin q. s.
Andoq istimo’ tushubdurki, ul shayx Avhaduddin Kirmoniyning ashobidindur va otida bu nisbat
ma’nisi andindur va anga she’r devoni bor, g‘oyat latofatda bir tarjeoti bor mushtamil haqoyiqu
maorifqa va «Jomi jam» otlig‘, masnaviysi bor Shayx Sanoyining «Hadiqa»si uslub va vazni bila. Va
anda ko‘p latoif darj qilibdur va bu ab’yot ul masnaviydindur.
M a s n a v i y:
[Bir oqshom go‘zal yorning chehrasidan baxtiyor bo‘lish uchun Avhadiy oltmish yil mashaqqat chekdi.
So‘zimiz siri majoziy emas, ko‘zingni och, bu o‘yin bilan bo‘lar ish emas! Yillar falakdek saranjom
kezdim va falakdek sohibnazar bo‘ldim. Oyoqda chilla o‘tirdim, ammo oziq-ovqat to‘plash uchun
o‘tirganimiz yo‘q! Tashqaridan bozor o‘rtasidaman, ichkaridan yorim bilan xilvatdamen.
Hech kim xursandchiligim jamolini ko‘rmaydi va xilvatimga yo‘l topa olmaydi. Toki qalbim
do‘stimga bog‘liq ekan, boshimdan shodliklar sochadi]
1
.
Va shayx Sanoyining «Roiya» qasidasig‘a yaxshi javob aytibdur va abyotining adadi yuz oltmish
bo‘lg‘usidur. Oning muftatahi bu abyotdurkim,
Do'stlaringiz bilan baham: |