641. Zangi ato a. r.
Turkiston mashoyixidindur va ko‘p mashoyix xidmatu suhbatig‘a yetibdur. Va turk ulusida
mashohirlardindur. Aning bobida ham ko‘p so‘zlar manquldur.
642. Husayn Shayx a. r.
Ismoil ato farzandlaridindur. Mustahsan muomalaliq kishi ermish. Xalq aning atvorig‘a firifta
bo‘lubdurlar. Dunyo asbobi sori mayl qilmaydur. Va bovujudi faqr o‘zin ul nav’ g‘aniy ko‘rguzur
ermishki, xalq rioyat yo‘lin topmaslar ermish. Olamdin o‘tgan zamonida manquldurki, eldin g‘oyib
bo‘lg‘ondur. Hozir bo‘lg‘ach boshi ustida bir qush qo‘ng‘on ermishki, hech kim ul-naqshu ranglik
qush ko‘rmagan ermish. Elni ko‘rgach uchubdur, vallohu a’lam.
Do'stlaringiz bilan baham: |