632. Ilyos Shayx r. t.
Muhammad Shayx r. a. ning o‘g‘lidur. Zohir ulumida bu silsilada andin olimroq yo‘q ermish. Va haj
davlatig‘a musharraf bo‘lubdur. Arabiyatda mohir ermish. Va ul til bila so‘zlashur ermish va nazm
dag‘i aytur ermish. Va Samarqandda Qum tog‘ida sokin ermish. Muborak marqadi go‘yo ham anda-
o‘qdur.
633. Shayxzoda Abulhasan q. s.
Ilyos Shayxning o‘g‘lidur. Kichik yoshidin riyozatu mujohada bila o‘tkaribdur. Mundoq
manquldurkim, Tengri taolo qo‘rqunchidin ancha yig‘lag‘ondurki, ko‘zlariga tiyralik yuzlangandur.
Ilyos Shayxdin so‘ngra bu silsila ahli barcha anga bay’at qilib, irodat toza qilibdurlar. Va Makka
safarig‘a borurda mizojig‘a za’f bo‘lub, Bistomda Sulton ul-orifin q. s. avlodi anga xirqayu toj havola
qilib qaytib, Hirim shahrig‘a yetganda Hazrat Maxdumiy n. m. n. sharafi majlisig‘a musharraf bo‘lub,
alardin iltifotlar topib, alar o‘z musannafotlaridin bir kitob va joyinamoz va bir ro‘pok anga
bergandurlar. Xoriqi odot andin ko‘p naql qilibdurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |