629. Mahmud Shayxzoda q. s. ,
Shayx Abulhasan Ishqiyning xalafidur. Aning dag‘i muridu ashobi ko‘p. Muomalayu riyozati
mustahsan va karomotu maqomoti benihoyat ermish.
630. Xudoyquli Shayx q. s.
Shayx Abulhasan Ishqiyning sohibi sajjodasi va qoyimi maqomi va zamonining shayx ul-mashoyixi
ekandur. Ishqiya silsilasida Shayx Abulhasandin so‘ngra go‘yo andin ulug‘roq kishi yo‘q erkandur. Va
xavoriqi odotu karomoti ko‘p manquldur.
631. Muhammad Shayx r. t.
Xudoyquli Shayx q. s. ning o‘g‘lidur. O‘z zamonida xaloyiq murshidi ermish. Sultonlar anga muridlik
haysiyatidin irodat kelturubdurlar. Aning suhbatida olime anga bir qatla taarruz qilg‘andur. Shayxning
ollida obxo‘ra ko‘za turg‘an ekandur. Bir toshni olib, ul ko‘za og‘zig‘a qo‘yubdur. Ul olim har ilmki
kasb qilg‘on ekandur, barcha xotirdin chiqib, o‘zin omiyu johil topibdur. Bo‘ynig‘a fo‘ta solib,
istig‘for qilib, Shayx qoshig‘a tazallum qilibdur. Shayx ul toshni ko‘za boshidin olg‘ach, yana o‘zin
burungi holida topib, Shayxqa murid bo‘lubdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |