533. Qozi Sharafuddin Buhayro r. t.
Ilmu amal bila orosta erdi. Ani otasi avval bazzozlig‘ hirfasig‘a topshurdi, to kasb qilg‘ay. Bir kun
birav bir to‘nluq aning ustodi bazzozg‘a kelturdi, to sotqay. Bazzoz ul to‘nluqqa boqib, bisyor ayblar
chiqardi va juzviy baho bila ani oldi va do‘kon ichig‘a soldi. Yana bir kun ul to‘nluqni ko‘p ta’riflar
qilib, biravga bag‘oyat og‘ir bahog‘a sotti. Ul ustodi bazzozg‘a ayttiki, tilarmenki, bu kecha bu do‘kon
ichinda bo‘lg‘a men. Ustod bu tavaqqufning sababini so‘rdi esa, dediki, yaramas to‘nlug‘ bir kecha bu
do‘konda bo‘lg‘on bila barcha uyubi hunarg‘a mubaddal bo‘ldi, shoyadki, odamiyg‘a ham bu
do‘konda bo‘lmoq bu xosiyat berg‘ay! Ustod bu so‘zdin mutaassir bo‘lub, Qozini otasi qoshig‘a eltib,
dediki, bu o‘g‘ulni o‘zga foydalig‘ ishga topshurki, aning martabasi andin biyikrakdurki, bazzozlig‘qa
bosh indurgay. Otasi ani ilm tahsilig‘a dalolat qildi. Oz fursatda ro‘zgor ulamosining saromadi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |