256. Abu Ali Saqafiy q. t. s.
To‘rtunchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Abdulvahhobdur. Abu Hafz Haddod va Hamdun Qassorii
ko‘rub erdi. Va Nishoburda imom va muqaddam erdi va aksar shar’iy ilmda mohir. Barchani qo‘ydi va
tasavvuf ilmiga mashg‘ul bo‘ldi. Va Abu Usmon Hiriy ani madh qi-libdurki, [nafs ayblari va amallar
ofatlari haqida ma’noli gapiradigan mashoyixlarning afzalrog‘i edi]
1
. Uch yuz yigirma sakkizda
dunyodin o‘tdi. Ul debdurki, [Allohni bilish jaholatda – qalb hayoti, zulmatda – ko‘z nuridir]
2
. Ham ul
debdurki, kimki ulug‘lar bila suhbat tutqay va abad tariqin mar’iy tutmag‘an, anga alariing suhbatining
foydasi va nazarining barakati harom bo‘lg‘ay va alarning nuridin anda hech nima paydo bo‘lmag‘ay.
Andin so‘rdilarki, kimning maoshi sa’broq va noxushroq? Dedi: aningki, noumid bila zist qilg‘ay.
Shayx ul-islom dedi: navmidlig‘ning kufr sari eshiki bor. Va Tengri taolodin navmidliq kufrdir,
[Allohning rahmatidan noumid bo‘lmanglar! Zero, Alloh rahmatidan faqat kofir qavmgina noumid
bo‘lur]
3
. Majlis. asnosida ko‘p aytur ermishki, ey barchani hechga sotqon ka hechni barchaga sotqun
olg‘on!
Do'stlaringiz bilan baham: |