198. Abulhasan Subayhiy q. s.
Uchunchi tabaqadindur. Ba’zi debdurlarki, ul Hasan b. Abdulloh b. Bakrdur. Basra ahlidindur.
Derlarki, aning saroyida bir uy erdi, yerda qozg‘on. G‘ttuz nil andin chiqmadi va mujohada tortib
ibodat qildi. Va derlarki, taom yemas erdi. Ani Basra eli Basradin chiqardilar. Susqa bordi va anda
dunyodin o‘tti va qabri anda-o‘qdur. Shayx ul-islom debdurki, ul Basra masjidi eshikida turub erdi. Ul
vaqt Basra masjidi g‘alabaliqdin andoq erdikim, el sajda bir-birining uchasida qilurlar erdi. Ul
shogirdig‘a boqib ayttikim, bu xalqnikim ko‘rarsen, bular behishtni to‘la qilmoq uchundur, bu ishkina
bizga tushub turur. Ul debdurki, [g‘arib – o‘z vatanida musofir bo‘lgan kishidir]
1
. Va ham ul debdurki,
[g‘arib – o‘ziga monandi bo‘lmagan kishi]
2
. Va ham ul debdurki, [g‘arib–o‘zi kabilar bilan suhbat
qurgan kishi]
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: |