193. Ishoq b. Ibrohim Hammol q. s.
Mashoyix akobiridin erdi. Maqomi Lug‘om tog‘i erdi. Bu toyifadin biri aytibdurki Lug‘om tog‘ida
yo‘l iturdum. Bir pir ilayimga keldi, eski po‘stin kiygan. Dedi: Allohu akbar, hamonoki yo‘l iturubsen?
Dedim: bale! Dedi: o‘ttuz yildurki, bu tog‘da odam yuzin ko‘rmaymen. Va asosin menga berdiki, bu
sanga yo‘l boshlasin. Bir necha qadam yo‘l bordim, o‘zumni Antokiyada ko‘rdum. Asoni qo‘ydumki,
vuzu’ qilg‘aymen, aso g‘oyib bo‘ldi. Antokiya ahliga ul so‘zni anttim, ersa, dedilarkim, ul Shayx Ishoq
b. Ibrohim Hammoldurkim, kishi ani oz ko‘rar. Taassuf yedim.
Do'stlaringiz bilan baham: |