522. Mavlono Jaloluddin Mahmud Zohid Murg‘obiy q. s.
Ul, dog‘i zohir ulumida Mavlono Nizomuddin Hiraviyning shogirdidur. Va sunnatu shariat varzishu
mutobaati jnhatidin bu toifa tariqidin hazzi tamom topibdur va taqvoyu vara’da mubolag‘asi bor
ekandur. Va debdurlarki, aning barzagari va dehqonlig‘ olotidin biri bilaki vaqf ekandur, aning
ziroatida ish qilg‘an ekandur. Ul voqif bo‘lg‘ach, ul ziroat mahsulig‘a daxl qilmaydur. Va barchasin
fuqaro va masoking‘a tasadduq qilibdur. Hirot maliki bir surra yormoq yuboribdur, qabul qilmaydur.
Kelturgon kishi debdurki, malik qoshig‘a eltsam, malul bo‘lur, olib madrasangizda fuqaro va
shogirdlaringizg‘a qismat qiling! Debdurki, o‘zung qismat qil, ammo aytqilki, qaydindur? Ul kishi
bordi, qismat qilg‘ali. Chun kayfiyatni aytti, hech kim qabul qilmadi. Yetti yuz yetmish sakkizda
zulhijja oyi dunyodin o‘tubdur va qabri Hirot Murg‘obidadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |