Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc


Mavlono Zaynuddin Abubakr Toybodiy q. s



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet452/683
Sana23.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#402983
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   683
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

521. Mavlono Zaynuddin Abubakr Toybodiy q. s. 
 
 Mavlono Nizomuddin Hiraviyning shogirdidur. Ammo shariat mutobaati varzishi bilan botin ulumi 
abvobi ham aning yuziga ochilibdur va bilhaqiqat Uvaysiy ermish. Va tarbiyat Hazrat Shayx ul-islom 
Ahmad Jom ruhidin topibdur va derlarki, Mavlono muddatlar riyozot va mujohidot bila o‘tkargandin 
so‘ngra Hazrat Shayx Mavlonog‘a zohir bo‘lib, debdurlarki, sening dardingning davosini Haq taolo 
bizning shifoxonada quyubdur. Andin so‘ngra Mavlono yetti yilgacha yoyog‘, ko‘prak ayog‘ yalang 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
168
Toyboddin Jomg‘a borur ermish va Qur’on tilovatig‘a mashg‘ul bo‘lur ermishlar. O‘ttiz yildin 
so‘ngraki, bu tariyq bila suluk qilibdur. Ming Qur’on xatmidin so‘ngra Hazrat Shayx ruhoniyatidin 
ishorat anga bo‘lubdurki, Mashhad ziyorati salomullohi alo man halla fihi ihromi bog‘ladi va ul ravza 
ostonbo‘slig‘ig‘a musharraf bo‘lg‘ondin so‘ngra xil’atlar va navozishlar topti. Andin Tus mazoroti 
tavofig‘a mutavajjih bo‘ldi. Kecha Shayx Abunasr Sarroj mazori boshig‘aki, Tus-ning qirog‘idadur 
ihyo qildi va Hazrat Risolat s. a. v. g‘a musharraf bo‘ldi va hukm toptikim, tongla Tusqa kirsang
Uryon darveshe senga yo‘luqg‘usidur. Yaxshi ta’zim qil, ammo sujud qilma! Tong Tusg‘a kirgoch, 
Bobo Mahmud Tusiyki, majzub erdi, Hazrat buyurg‘on yo‘sun bila keladur erdi, yo‘luqdi, chun 
Mavlononi ko‘rdi va o‘zin tufroqqa soldi va boshin kiziga tortti va Mavlononing qoshig‘a keldi. Bir 
zamon ayog‘ ustida turdi. Bir zamondin so‘ngra oyog‘in kizdin chiqardi va qo‘pti va o‘z-o‘zi bila der 
erdiki, ey odobsiz, birovni ta’zim qilmassenki, kecha Hazrat Risolat s. a. v. Abu Nasr Sarroj mazori 
boshida oning bila muloqot qildi va oni senga nishon berdi va osmon farishtalari ondin uyolurlar. 
Mavlono Bobog‘a salom qildi va Bobo javob berdi va buyurdiki, borg‘ilki, Ro‘dbor avliyo va 
mashoyixi senga muntazirdurlar va Xoja Muhammad Porso q. s. xizmttlari so‘nggi qatla hajg‘a 
borurda Mavlono q.s. mazorig‘a kelgan ekandurlar. Der ermishki, avval qatla xojai buzurgvor Hazrat 
Xoja Bahouddin bila Makkaga borduq. Buxorodin Marvg‘a yetgonda qofila ikqi fariq bo‘ldilar va 
ba’zi Mashhadi muqaddas ravzi sori mayl qildilar va ba’zi Hirot sori mo‘tavajjih bo‘ldilar. Bu buljar 
bilaki, Nishoburda bir-biriga qo‘shulg‘oylar. Hazrat Xojai buzurgvor Hiriy sori moyil bo‘ldilar va 
buyurdilarki, tilarbizki, Mavlono Zaynuddin Abubakir Toybodiy suhbatig‘a yetgaybiz. Men yigit 
erdim va Mavlono ahvolidin xabarim yo‘q erdi va Mashhad sori bordim va Xoja Muhammad bu 
ma’ni-din taassuf yer, nadomat izhori qilur ermishlar. Debdurlarki, chun Hazrat Xojai buzurgvor 
Toibodg‘a yetti va saboh namozin Mavlono bila qildilar va namozdin forig‘ bo‘lg‘ondin so‘ngra 
burung‘i safda muroqabag‘a o‘z tariqlari bila mashg‘ul bo‘ldilar va Mavlono avrodni tugatgandin 
so‘ngra alar qoshig‘a kelib, ko‘rushubdur va otlarin so‘rubdur. Alar debdurlarki, Bahouddin. Mavlono 
debdurki, bizing uchun bir naqsh bog‘lang! Alar debdurlarki, kelibbizki naqshe eltgaybiz. Va Mavlono 
hazratlari alarni uylarig‘a eltibdurlar va ikki-uch kun suhbat tutubdurlar va hayrbod qilib, Nishoburda 
qofilag‘a qo‘shubdurlar. Mavlono yetti yuz to‘qson birda muharram oyining salxida panjshanba kuni 
nisf un-nahorda olamdin o‘tubdurlar va Malik Imomuddin Zavzaniy alar vafoti tarixida debdurki, sana 
 
q i t ‘ a:
 
 
[Tarix yetti yuz to‘qson bir sana bo‘lib, muharram oyining oxiri payshanba kuni tush payti 
Mavlononing pok ruhi jannatga ravona bo‘ldi. Farishtalarning bari jondan «xush kelibsiz» dedilar]
1

 
 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   683




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish