Ul debdurki, Shayx Abulhasan Mu’ammar ayturki, Husriy bila o‘lturub erdim. Birav andin vasiyat
istid’osi qildi.» Ul dedikim, [himmatingni baland tut!]
1
. Jahm Raqqiy hozir erdi, dedikim, ey Shayx,
oni yiroq solding! Husrin dedikim, nechukki, manga to‘ldurdilar, anga tuttum.
302. Jahm Raqqiy r. t.
[U keyingi mashoyix va javonmardlardan bo‘lib, sodiq faqirlardan edi. Samo’ga oshufta va ko‘ngil
bergan edi. Ikki sajda orasida vafot etdi]
1
. Shayx ul-islom dedikim, Jahm Raqqiy hammomda erdi,
chiqti va elga ayttikim, chiqing! Chun bori el chiqtilar, hammom yiqildi. Va ham ul erdikim, birav
aning ilayida takalluf bila raqs qiladur erdi. Ul qo‘pti va boshin aning choti orasiga solib ko‘tardi va
tomdin tomg‘a urar erdi, to ul kishining hushi ketti.
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi
80