623. Hubbi Xoja a. r.
Mavlidi Xorazm viloyati va navohisidindur. Aning avsofi turk va o‘zbak xaloyiqi orasida andin
ko‘prak va mashhurroqdurki, sharhg‘a ehtiyoji bo‘lmag‘oy. Yigitlikda o‘tubdur yigitlar sarvari Hubbi
Xoja derlar.
624. Yigit Ahmad a. r.
Karomot va maqomotlig‘ aziz, erkondur. Yigitlik ayyomidin qarilardek toatu ibodat va suluku
riyozatqa mashg‘ul bo‘lubdur. Shuhrati turk eli orosida bag‘oyat ko‘pdur.
625. Ko‘k Shayxa.r.
Karomotu maqomot iyasi ekandur va ko‘p ajibu g‘arib holot andin manquldur. Singli nomunosib kishi
nikohig‘a kirgondur va oralarida ul kishining nohamvor maoshi jihatidin doim mojaro bo‘lur erkandur.
Andoqki, mojarolari Shayxqa dag‘i yetibdur. Ul kuyov beandomlig‘idin noxush so‘z ko‘p aytib,
Shayxni malul qilibdur. Shayxning g‘azabi yuzidin tiliga o‘tubdurki, «ko‘r bo‘l, shariat yukini chek!»
Ul kishi hamuldam nobino bo‘libdur, al-ilmu indalloh.
Do'stlaringiz bilan baham: |