402. Abulvalid Ahmad b. Abi Rajo r. t.
Ozodon qaryasidindurki, Hirotga muttasildir. Ulumi zohiriy va botiniy bila olim erdi.
Imom Ahmad Hanbal r. a. shogirdidur. Va Buxoriy o‘z «Sahih»ida andin hadis rivoyat qilibdur.
Avoilda ko‘p moli bor ermish. Barchasin hadis talabida va haj va g‘azoda sarf qilibdur va derlarki,
oning do‘stlaridin biri to‘rt ming diramg‘a muhtoj bo‘ldi va oning qoshida zohir qildi. To‘rt ming
diramni naqd qilib, do‘stining uyiga yibordi va oning ul muhimmi kifoyat bo‘lg‘ondin so‘ngra hamul
vajhni saronjom qilib, yana oning uyiga yibordi va ul qabul qilmadi. Yana kun ul do‘st oning
xizmatig‘a borib, salom qilg‘och, dedikim, agar salom javobi vojib bo‘lmasa erdi, salomingg‘a javob
bermagoy erdim. Ul muhaqqarning ne qadri bo‘lg‘aykim, yana naqd qilib yiborgaysen. Ul ikki yuz
ikkida o‘tti va qabri Ozodon qaryasidadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |