Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
170
borligi sharofatidan Hindiston jannat ul-ma’vo edi. Men yaxshi yomondan yuzimni burib, bu baxtni
uning huzuridan topdim. Jon humosi o‘z oshyonidan parvoz qilib, borliq matoini o‘rtadan olib ketdi.
Ovozasi
baland olampanoh, ulug‘ martabaga loyiq asrning peshvosidir. Haqning aziz bandasi, din va
davlat boshlig‘i, to‘qqiz falak uning saxovat dasturxonidan bir tovoqdek edi]
1
.
526. Shayx Nizomuddin Dehlaviy Xolidiy ma’ruf Shayx Nizomuddin Avliyo q. s.
Hind mashoyixining mashohiridindur. Ilm tahsili va takmilidin so‘ngra Dehli jome’ida basar eltur
erdi. Bir kecha sahar vaqti muazzin minora ustiga chiqib, bu oyatni o‘qidikim, [Iymon
kelgirgan zotlar
uchun dillari Allohning zikriga va nozil bo‘lgan Haq– Qur’onga moyil bo‘lish vaqti-kelmadimi?]
1
. Ani
eshitgach, holi mutag‘ayyir bo‘ldi va har jonibdin anga anvor bo‘la kirishti. Chun tong otdi, zodu
rahlasiz yuz Hazrat Shayx Fariduddin Shakkarganj xidmatig‘a qo‘ydi. Va murid bo‘ldi va kamol
martabasig‘a yetti. Hazrat Shayx anga toliblar takmili ijozati berib, Dehlig‘a uzatti. Anda irodat ahli
tarbiyat va takmilig‘a mashg‘ul bo‘ldi. Va Xusrav Dehlaviy va Hasan Dehlaviy aning muridlaridurlar.
Va Shayx Faridudding‘a Xoja Qutbuddin Baxtiyor Kokiydin xirqa yetibdur va anga Xoja Mu’iynuddin
Hasan Sanjariydin va anga Xoja Usmon Horuniydin va anga Xoja Hojiy
Sharif Rindoniydin va anga
Shayx ul-islom Xoja Qutbuddin Mavdud Chishtiy rahimahullohdin. Biravning bir barotiki, mablag‘i
kasir bitiglik edi, itti. Shayx Nizomuddin Q. s. qoshig‘a kelib, arzi hol qildi. Shayx anga bir diram
berdiki, halvo olib, Shayx Farid ruhi uchun darveshlarg‘a ulash. Chun
ul kishi diramni halvogarga
berdi, halvogar bir pora halvo bir pora kog‘azg‘a chirmab aning ilgiga berdi. Boqsa, ul qog‘az aning
itgan baroti erdi. Derlarki, bir tojirning molin Multonda o‘g‘rilar talab erdilar. Shayx Bahouddin
Zakariyo o‘g‘li Shayx Sadruddin qoshig‘a boribki, irshod va sajjoda sohib masnadi erdi, siporish
iltimosi qildi, Shayx Nizomudding‘a. Shayx Sadruddin ul siporishni bitidi.
Chun ul tojir Dehlida Shayx
Nizomuddin xidmatig‘a yetti va ruq’ani berdi. Shayx xodimni tiladi va dediki, tongli sabohdin
choshtqacha har futuheki yetsa, bu azizg‘a taslim qil! Xodim bu dastur bila amal qildi. Un ikki ming
diram tojirg‘a vosil bo‘ldi. Bir qatla Sulton Muhammad Shoh Xalajiy bir yormoq va javohir to‘la nazr
razmi bila Shayx xidmatig‘a yubordi. Qalandare Shayx o‘trusida o‘lturub erdi.
Ilgari kelib dediki, [ey
shayx, hadyalar hammanikidir]
2
. Shayx dediki, [lekin, bir kishiniki bo‘lsa, yaxshiroqdir]
3
. Qalandar
xijil qaytti. Shayx dediki, kelkim: [bir kishiniki yaxshiroq]
4
sening nisbatingga deyildi. Qalandar
ko‘tara ol-madi.
Shayxning xodimi madad qildi, to ko‘tardi.
Do'stlaringiz bilan baham: