Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/372
Sana01.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#721699
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   372
Bog'liq
navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com

 
R u b o i y:
[Ey ulki, sening husnda timsoling yo‘q, mening holatim yuzungdagi xoldan ayri emas. Mening barcha 
vasf qilganlarim yuzingdagi xoldir, ajabki, yuzingda xolning o‘zi yo‘q]
2

Olti yuz yetmish sakkizda Sha’bon oyida dunyodin o‘tubdur: 
509. Zahiriddin Abdurrahmon b. Ali b. Buzg‘ush q. s.
Otasining murididur va xalifasi erdi. Onasi anga homila bo‘lg‘onda, Hazrat Shayx Shihobuddin 
Suhravardiy q. s. o‘z muborak xirqasidin bir pora ayirib yuboribdurlarki, ul mutavallid bo‘lg‘onda, 
anga kiydurgaylar. Ul xirqaki hajqa kiyibdur, ul ekandur. Ulg‘ayg‘anda, ota xidmatig‘a mashg‘ul 
bo‘ldi va tarbiyat topti. Va hajg‘a bordi. Arafa kechasi tush ko‘rdiki, Hazrat Rasul s. a. v. ravzasig‘a 
bordi va salom berdi. Javob qildiki, [Senga ham salom bo‘lsin, ey Abunajoshiy!]
1
. Otasi ul holig‘a 
muttale’ bo‘ldi va ahlu xaylig‘a xabar berdi va bashorat yetkurdiki, murod hosil bo‘ldi. Andin so‘ngra 
dars aytti va hadis rivoyat qildi va tasonif qildi. Aning tasonifidin biri «Avorif» tarjimasidurki, anda 
kashfu ilhomdin sodir bo‘lg‘on tahqiqoti ko‘pdur. Buyuk maqomotqa. yetti va arjumand karomotqa 
mashhur bo‘ldi. Va Hazrat Shayxning bu ikki baytin doyim o‘qur ermishki, 
 sh ye ‘ r:
[Yuksak rizo maqomiga yetganimda ham rozi emas edim, rizodin yuksakroq maqomdan ham 
ko‘nglimiz zada. Bizga firoq yuzlanib, maqsaddan yiroqlashgan paytimizda, menga salomga keluvchi 
xayoling bilan qanoatlanaman]
2

Yetti yuz o‘n oltida Ramazon oyida dunyodin o‘tti. 
510. Shayx Muhammad Yamaniy q. t. r.
Shayx Najibuddin Ali Buzg‘ush debdurki, bir kun jam’i ashob bila Hazrat Shayx Shihobuddin 
Suhravardiy q. s. suhbatida o‘lturub erduk. Shayx ashobdin biriga buyurdilarki, xonaqohdin tashqari 
chiqsun, agar g‘aribe bo‘lsa, olib kirsunki, bizing dimog‘imizg‘a bir oshno isi keladur. Birav chiqti va 
hech kishi topmadi. Shayx yana haybat bila buyurdilarki, bu qatla chiqki toparsan! Ul darvesh bu qatla 
chiqqandin so‘ngra bir qora ranglig‘ kishi ko‘rdiki, safar va azimat osori ahvolida zohir erdi, olib kirdi. 
Kirgach, saffi ni’olg‘a mayl qildiki, o‘lturg‘ay. Shayx dediki, ey Shayx Muhammad, yaqin kelki, 
sendin oshno isi keladur. Va ani o‘z yonig‘a tiladilar. Va ul va Shayx bir-biri bila sirda bezabonlig‘ tili 
bila so‘zlar aytishtilar. Andin so‘ngra ul Shayxning tizini o‘pti. Va Shayx buyurdilarki, sufra 
kelturdilar va taom yedilar. Va men ro‘za erdim. Shayx buyurdilarki, har kim ro‘za tutubdur, o‘z holi 
bila bo‘lsun! Ul sufrada anor erdi. Va Shayx anor yeydur erdilar va donalarni sufraning bir go‘shasida 
yig‘adur erdilar. Mening xotirimg‘a keldiki, ul donalarni olayki, Shayxning muborak og‘zi suyi 
barakati anga yetibdur, aning bila iftor qilay. Chun bu xotir ko‘ngluma kirdi, ul g‘arib ul donalarni 
olib, og‘ziga solib yedi va manga boqib tabassum qildi. Bildimki, xayolimni bilibdur. Chun sufra 
ko‘tardilar, Shayx buyurdilarki, Shayx Muhammad hofizi kalomdur, ammo muddate yolg‘uz tilovat 
qilibdur, emdi tilarki, birav qoshida har kun biror nima «Kalomulloh»din o‘tkargay. Har kim bu 
muddao qildi, ammo Shayx bu xidmatin manga havola qildilarki, Ali Sheroziy har kun aning darsini 
quloq tutsun! Ul har kun kelur erdi va bir sipora o‘qub borur erdi. Bu ayyomda andin g‘arib holot 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
164
mushohada tushti va ajab fayzlar va osoyishlar aning suhbatidin manga yetishti. Oxir Shayx anga xirqa 
kiydurub, toliblarig‘a xirqa libosi ijozatin berib, o‘z viloyatig‘a uzatti. Va anda mashhur bo‘ldi va ko‘p 
xalq anga murid bo‘ldilar. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish