Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc


Muhammad b. Fazl Balxiy q. s



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/369
Sana21.04.2022
Hajmi0,9 Mb.
#569706
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   369
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

 127. Muhammad b. Fazl Balxiy q. s.
Ikkinchi tabaqadindir. Kuniyati Abu Abdulloh Balxiyul-asl. Mutaassiblar ani Balxdin chiqardilar
begunoh, mazhab jihatidin. Abu Usmon Hiriy q. s. anga bitibdurki, shaqovat alomati nedur? Ul javob 
bitibdurki, uch nimadur: biri ulki, kishiga ilm bergaylar va amal tavfiqi bermagaylar va amal bergaylar 
va ul amalda ixlosdin mahrum qilg‘aylar va Haq s. t do‘stlari suhbatin topqay va ikrom va ehtirom 
tariqin bajo kelturmagay. Abu Usmon q. s. debdurki, [Muhammad fazilatli odamlarning qadrini 
bilguvchi edi]
1

Va ham aning so‘zidurkim, [Odamlarning ma’rifatlisi shariat amrini sidqdan bajaradigani va sunnati 
saniyaga tobe’ bo‘ladiganidir]
2

 128. Muhammad b. Ali Hakim Tirmiziy q. t. r.
Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Abdullohdur. Mashoyixi kibordindur va Abu Turob Naxshabiy 
va Ahmad Xuzravayh va ibn Jallo bila suhbat tutubdur va ko‘p hadisi bor va zohir karomoti va tasnifi 
dag‘i bor. Ul jumladin «Xatm ul-valoyat»! kitobi va «Nahaj» kitobi, «Navodir ul-usul va mundin o‘zga 
ham kitoblari bor va zohir ulumida ham kutubi bor va bir tafsir ham ibtido qilg‘ondur. Ammo 
itmomig‘a umr vafo qilmaydur va Xizr a. s. bila suhbat tutar ermish. Abubakr Varroqkim, oning 
shogirdidur, rivoyat qilurkim, har yakshanba Xizr aning bila kelib, muloqot qilur erdi va voqe’lar bir-
birlariga ayturlar erdi va so‘zlashurlar erdi. «Qashf ul-mahjub» kitobining sohibi aning vasfida 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
39
mubolag‘a ko‘p qilur. Ul debdurki, mening pirim der erdikim, Muhammad Durri yatimdurki, olamda 
adili yo‘qdur. 
Ul debdurkim, [Menga nisbat berishlarini o‘ylab biror harf yozmadim. Faqat yuragim siqilgan, ishim 
yurishmagan kezlari tasalli topish uchun yozar edim]
1
. [Kimkn, bandalik sifatlarini bilmasa, u Haq 
sifat-larini bilmaydigan nodonroqdir]
2

Va ham ul debdurki, Haq s. t.ning muhabbatining haqiqati uns davomidur. [Undan fe’liy va zotiy 
sifatlar haqida so‘radilar. Aytdi: Har narsaki, ortmoq, kamaymoq ehtimoli bor – fe’liy sifatdan. Har 
narsaki, ortmasa, kamaymasa – zotiy sifatdan. Undan isor haqida so‘radilar. Aytdi: Boshqalarning 
nasibasini o‘zingnikidan ortiq ko‘rmog‘ing! Yaqin haqida so‘radilar: Aytdi: Qalbning Alloh va uning 
amrlari bilan qaror topishidir. Shukr haqida aytdi: Shukr – qalbni mun’im–ne’mat sohibi Allohga 
bog‘lashdir]
3

Hazrag Xoja Bahouddin Muhammad Buxoriy al» ma’ruf Naqshband q. t. a. vaqtiki, o‘z mabodiyi 
ahvolu sulukidin hikoyat ayturlar ermish va mashoyixi ,kibor arvohig‘a o‘z tavajjuhlarining asarin 
bayon qi-lur ermish. Der ermishlarki, har qachon qudvat ul avliyo Xoja Muhammad Ali Hakim 
Tirmiziy ruhig‘a tavajjuh voqe’ bo‘lur erdi, ul tavajjuh asari mahzi beskfatlig‘ zuhuri erdi va har necha 
ul tavajjuhda sayr voqe’ bo‘lur erdi, hech asare va garde va sifats mutolaa tushmas erdi. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish