591. Shayx Iso Hattor Yamaniy q. t. s.
Imom Yofi’iy debdurki, ul bir kun bir fohishag‘a o‘tti. Va anga dediki, bu kecha xuftondin so‘ngra
sanga kelgumdur. Fohisha xurram bo‘ldi va yasandi. Degan chog‘da keldi va aning uyiga kirb, ikki
rak’at namoz qilib chiqdi va ketti. Ul zaifag‘a hol mutag‘ayyir bo‘ldi va tavba qildi va har nedaki bor
erdi, boridin chiqdi. Va Shayx ani o‘z darveshlaridin biriga nikoh qildi. Va taome buyurdi va dediki,
yog‘ olmang. Sohibi shavkateki, ul xotunning rafiqi erdi, anga bu holni dedilar. Va aning tavbasidin
mutaajjib bo‘ldi va dedki, sur uchun taom pishiribdurlar va yog‘i yo‘qdur. Ul g‘aniy istihzo yuzidin bir
shisha xamr yubordi va dediki, Shayxqa dengki, shod bo‘lduk, bu yog‘ni taomingizga qo‘shung! Shayx
dedi: kech ketturdung. O‘z ilgiga oldi va ul taomg‘a quydi. Va dedi: o‘ltur, nima yegil. Ul kishi chun
o‘lturdi va ul taomdin yeya kirishdi, andoq xo‘b yog‘ erdiki, andin yaxshiroq bo‘la olmag‘ay. Chun
borib, ul holate maxdumig‘a arz qildi, ul dag‘i Shayx xidmatig‘a kelib tavba qildi.
592. Shayx Abulg‘ays Jamil Yamaniy q. s.
Oliya maqomot Va soniya holotu karomot egasidur. Avoyil holda qutto’ ut-tariqdin ermish. Bir kun
bir qofila intizorida ko‘z tikib o‘lturub ermish. Eshitibdurki hotife aytadur: [Ey ko‘z tikuvchi, senga
ham ko‘z tikuvchi bor)
1
Ya’ni, eyki, qofilag‘a ko‘z tikibsen, yana biravniig ko‘zi sendadur. Bu so‘z
anga azim asar qildi va qiladurg‘on ishdin chiqdi va tavba qildi va Tengriga yondi va Shayx ibn Aflah
Yamaniy xidmatu suhbatig‘a qo‘shuldi, Yaxshi suluklar qildi, biyik marotib hosil qildi va qo‘p
xavoriqi odot andin zuhurg‘a keldi. Bir kun ahli bayti andin miqdore atr tiladilar. Va bozorg‘a bordi va
attordin tiladiki, sotqun olg‘ay. Attor dedi: do‘konimda atr yo‘qdur. Ul dediki, do‘koningda atr
bo‘lmag‘usidur! Filhol har atrki, ul do‘konda erdi mun’adim bo‘ldi. Attor Shayx Ibn Aflah xidmatig‘a
borib, andin shikoyat qildi. Shayx ani tiladi va bu jihatdinki, karomot izhori qilib erdi, siyosat qildi va
dedi: ikki qilich bir qinda bo‘la olmas, bizing suhbatimizdin yiroq bo‘l! Har necha Abulg‘ays tazallum
va tazarru’ ko‘rguzdi, qabul tushmadi va aning suhbatidin ibo qildi. Va ul mahrum bo‘lub, yana bir
shayx talabig‘a tushti, to ulki, Shayxi Kabir Ali Ahdal xidmatig‘a yetishti va irodat izhori qildi. Shayx
qabul qildi. Shayx Abulg‘ays debdurki, chun anga yettim, qatrae erdimki, daryog‘a qo‘shuldum. Bir
kun fuqaro dedilarki, bizga et orzusi bor. Shayx dedi: falon kunki, bozor kunidur, et yegunguz-dur.
Chun ul kun bo‘ldi, xabar keldiki, qutto’ ut-tariq bir qofilani talabdur. Bir lahzadin so‘ngra qutto’ ut-
tariqdin biri keldi va shayx uchun bir o‘y kelturdi. Shayx fuqarog‘a dediki, o‘yni o‘lturung, ammo
boshini solim asrang! Andin so‘ngra yana birov bir xarvor bug‘doy kelturdn. Shayx buyurdiki, un
tortnng va noi pishurung! Fuqaro shayx degandek qildilar. Andin so‘ngra buyurdi darveshlargakim, siz
yengizki, fuqaho harom yemaslar. Jam’i fuqaho hozir erdilar, ul sufra boshig‘a kelmadilar. Chun
fuqaro taomdin forig‘ bo‘ldilar, nogoh birav Shayx qoshig‘a keldi va dedi: ayyuhash-shayx, bir o‘y
fuqaro nazri qilib erdim, haromiylar taladilar. Shayx dediki, agar o‘yungning boshin ko‘rsang
tanig‘aysen? Dedi: bale Shayx dedikim, o‘yning boshin hozir qildilar. Dedi: bu ham ul mening
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
Do'stlaringiz bilan baham: |