Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc


Shayx Iso Hattor Yamaniy q. t. s



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/369
Sana21.04.2022
Hajmi0,9 Mb.
#569706
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   369
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

591. Shayx Iso Hattor Yamaniy q. t. s.
Imom Yofi’iy debdurki, ul bir kun bir fohishag‘a o‘tti. Va anga dediki, bu kecha xuftondin so‘ngra 
sanga kelgumdur. Fohisha xurram bo‘ldi va yasandi. Degan chog‘da keldi va aning uyiga kirb, ikki 
rak’at namoz qilib chiqdi va ketti. Ul zaifag‘a hol mutag‘ayyir bo‘ldi va tavba qildi va har nedaki bor 
erdi, boridin chiqdi. Va Shayx ani o‘z darveshlaridin biriga nikoh qildi. Va taome buyurdi va dediki, 
yog‘ olmang. Sohibi shavkateki, ul xotunning rafiqi erdi, anga bu holni dedilar. Va aning tavbasidin 
mutaajjib bo‘ldi va dedki, sur uchun taom pishiribdurlar va yog‘i yo‘qdur. Ul g‘aniy istihzo yuzidin bir 
shisha xamr yubordi va dediki, Shayxqa dengki, shod bo‘lduk, bu yog‘ni taomingizga qo‘shung! Shayx 
dedi: kech ketturdung. O‘z ilgiga oldi va ul taomg‘a quydi. Va dedi: o‘ltur, nima yegil. Ul kishi chun 
o‘lturdi va ul taomdin yeya kirishdi, andoq xo‘b yog‘ erdiki, andin yaxshiroq bo‘la olmag‘ay. Chun 
borib, ul holate maxdumig‘a arz qildi, ul dag‘i Shayx xidmatig‘a kelib tavba qildi. 
592. Shayx Abulg‘ays Jamil Yamaniy q. s. 
Oliya maqomot Va soniya holotu karomot egasidur. Avoyil holda qutto’ ut-tariqdin ermish. Bir kun 
bir qofila intizorida ko‘z tikib o‘lturub ermish. Eshitibdurki hotife aytadur: [Ey ko‘z tikuvchi, senga 
ham ko‘z tikuvchi bor)
1
Ya’ni, eyki, qofilag‘a ko‘z tikibsen, yana biravniig ko‘zi sendadur. Bu so‘z 
anga azim asar qildi va qiladurg‘on ishdin chiqdi va tavba qildi va Tengriga yondi va Shayx ibn Aflah 
Yamaniy xidmatu suhbatig‘a qo‘shuldi, Yaxshi suluklar qildi, biyik marotib hosil qildi va qo‘p 
xavoriqi odot andin zuhurg‘a keldi. Bir kun ahli bayti andin miqdore atr tiladilar. Va bozorg‘a bordi va 
attordin tiladiki, sotqun olg‘ay. Attor dedi: do‘konimda atr yo‘qdur. Ul dediki, do‘koningda atr 
bo‘lmag‘usidur! Filhol har atrki, ul do‘konda erdi mun’adim bo‘ldi. Attor Shayx Ibn Aflah xidmatig‘a 
borib, andin shikoyat qildi. Shayx ani tiladi va bu jihatdinki, karomot izhori qilib erdi, siyosat qildi va 
dedi: ikki qilich bir qinda bo‘la olmas, bizing suhbatimizdin yiroq bo‘l! Har necha Abulg‘ays tazallum 
va tazarru’ ko‘rguzdi, qabul tushmadi va aning suhbatidin ibo qildi. Va ul mahrum bo‘lub, yana bir 
shayx talabig‘a tushti, to ulki, Shayxi Kabir Ali Ahdal xidmatig‘a yetishti va irodat izhori qildi. Shayx 
qabul qildi. Shayx Abulg‘ays debdurki, chun anga yettim, qatrae erdimki, daryog‘a qo‘shuldum. Bir 
kun fuqaro dedilarki, bizga et orzusi bor. Shayx dedi: falon kunki, bozor kunidur, et yegunguz-dur.
Chun ul kun bo‘ldi, xabar keldiki, qutto’ ut-tariq bir qofilani talabdur. Bir lahzadin so‘ngra qutto’ ut-
tariqdin biri keldi va shayx uchun bir o‘y kelturdi. Shayx fuqarog‘a dediki, o‘yni o‘lturung, ammo 
boshini solim asrang! Andin so‘ngra yana birov bir xarvor bug‘doy kelturdn. Shayx buyurdiki, un 
tortnng va noi pishurung! Fuqaro shayx degandek qildilar. Andin so‘ngra buyurdi darveshlargakim, siz 
yengizki, fuqaho harom yemaslar. Jam’i fuqaho hozir erdilar, ul sufra boshig‘a kelmadilar. Chun 
fuqaro taomdin forig‘ bo‘ldilar, nogoh birav Shayx qoshig‘a keldi va dedi: ayyuhash-shayx, bir o‘y 
fuqaro nazri qilib erdim, haromiylar taladilar. Shayx dediki, agar o‘yungning boshin ko‘rsang 
tanig‘aysen? Dedi: bale Shayx dedikim, o‘yning boshin hozir qildilar. Dedi: bu ham ul mening 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish