Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/369
Sana21.04.2022
Hajmi0,9 Mb.
#569706
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   369
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

741. Ufayrai Obida r. t.
Ul Basra ahlidindur va Mu’ozah Adaviya bila suhbat tutubdur. Tengri qo‘rqunchidin ancha yig‘ladiki, 
ko‘zlari ko‘rmas bo‘ldi. Birav anga dediki, ne baloi qattiqdur ko‘rmaslik! Ul dediki: Tengri taolodin 
mahjubluq andin qattiqroqdur va ko‘ngul ko‘rluki Haq s. t. ning murodi muhimmida aning amrlarida 
qattiqroq. 
742. Sha’vona r. t. 
Ul Ajamdin erdi va Ubullada o‘lturur erdi. Va yaxshi uni bor erdi va xo‘b nag‘amot bila va’z aytur 
erdi. Va zuhhod va ubbod va arbobi qulub aning majlisida hozir bo‘lur erdilar. [Mujtahida, qo‘rquvchi, 
yig‘lovchi, yig‘latuvchilardan edi]1. Anga dedilarki, qo‘rqarbizki, ko‘p yig‘lamog‘din ko‘zung 
ko‘rmas bo‘lg‘ay. Dediki, dunyoda yig‘lamog‘din ko‘r bo‘lmoq yaxshiroqdur, o‘t azobi bilan ko‘r 
bo‘lmoqdin. Ul debdurki, ul ko‘zki, mahbubi liqosidin yiroq qolg‘ay va aning diydorig‘a mushtoq 
bo‘lg‘ay, yig‘isiz yaxshi ko‘runmas. Derlar: ancha anduh anga g‘alaba qildiki, namoz va ibodatdin 
qoldi. Uyquda birov kelib anga dediki, 
sh ye ‘ r:
[Agar sen g‘amgin bo‘lsang ko‘z yoshlar to‘kkin, albatta yig‘i g‘amginlarning qayg‘ulariga shifodir. 
Tur, harakat qil! Yonib, o‘rtanib, doimo ro‘zador bo‘l, chunki yonish va o‘rtanish itoatkorlarning 
fe’lidir]
2

Yana toat bunyod qildi. Va bu abyot bila tarannum qilur erdi va yig‘lar erdi va yig‘latur erdi. Derlarki, 
qarig‘anida Fuzayl Iyoz q. s. aning qoshig‘a borib, duo talabe qildi. Ul dedi: Ey Fuzayl, sening bilan 
Tengri orasida hech nima bormuki, agar duo qilsam, ijobatqa sabab bo‘lg‘ay? Fuzayl sayhae urdi va 
bexud bo‘lub yiqildi. 
743. Kurdiya r. t.
Basradin yo Ahvozdin erdi. Va Sha’vonaning xidmatin qilur erkandur. Ul debdurki, bir kecha 
Sha’vona qoshida erdim. Ko‘zumkim, uyqug‘a bordi, ayog‘in manga urub dedi: qo‘b, ey Kurdiyyaki, 
bu yer uyqu yeri emas, uyqu yeri go‘rdur! Anga dedilarki, sanga Sha’vona suhbati barakotidin ne yetti? 
Dedi: ul vaqtdin beriki, aning xidmatig‘a yettim, dunyoni sevmadim va ro‘ze g‘amin yemadim va 
dunyo ahlidin hech kishi ko‘zumga uluq ko‘runmadi tama’ jihatidin va musulmonlardin hech qaysini 
kichik tutmadim. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish