566. Shayx Sadaqa Bag‘dodiy q. s.
Shayx Sadaqa Bag‘dodlig‘dur. Bir kun bir so‘z aytadur erdiki, shar’i zohiriy bila anga mulohaza kelur
erdi. Xalifag‘a yetkurdilar, buyurdikim, ani hozir qildilar, to ta’zir qilg‘aylar. Chun boshin yalang
qildilar, muridi qichqirdikim, [voy, Shayxim!]
1
. Urarg‘a ilig ko‘targan kishining iligi shol bo‘ldi va
buyurg‘an vazirg‘a haybat mustavliy bo‘ldi. Va xalifag‘a ham bu hol bo‘lub buyurdikim, ani qo‘ydilar.
Shayx Abdulqodir manzilig‘a bordi, ko‘rdikim, mashoyix va soyir el o‘lturubdurlar, Shayxqa
muntazirki, chiqqay va so‘z aytqay. Shayx chiqdi va minbar ustiga bordi va so‘z ham aytmadi va qori
ham nima o‘qimadi, ammo elga vajdu xushholliq yuzlandi. Shayx Sadaqa o‘zi bila ayttiki Shayx nima
demaydur va qori nima o‘qimaydur, elga bu vajd nedindur? Shayx yuz aning sari qilib dedikim,
mening bir muridim. Bayt ul-Muqaddasdin mungacha bir gom bila kelibdur va mening iligimda tavba
qilibdur, hozirlar aning ziyofatidadurlar. Shayx Sadaqa yana o‘zi bila dediki, biravki Bayt ul-
Muqaddasdin Bag‘dodqa bir gom bila kelgay, anga ne nimadin tavba qilmak kerak va Shayxqa ne
hojati bor?
Shayx yuz aning sari qilib dediki, yo hozo, ul tavba andin qildiki, yana havog‘a uchmag‘ay va manga
hojati uldurkim, ani Haq subhonahu va taolo muhabbatiga yo‘l ko‘rguzgaymen.
567. Shayx Sayfuddin Abdulvahhob r. t.
Ul shayx Abdulqodir q. s.ning o‘g‘lidur. Ul debdurki, har oy yangi bo‘lsa, avval kelib otamg‘a
tahniyat yetkurur erdi va ul oyda yaxshi-yamondin har hol voqe’ bo‘lsa erdi, andin xabar berur erdi.
Agar ul oyda yaxshilik erdi, yaxshi suratlik kishi shakli bila kelur erdi va agar yamon erdi, yamon
chiroylig‘ kishi shakli bila kelur erdi. Otam Ramazon oyida necha kun bemor bo‘ldi. Dushanba kuni
oyning yigirma to‘qqizida jam’i mashoyix hozir erdilar, Misli Shayx Ali Haytiy va Shayx Najibuddin
Suhravardiy va g‘ayrihumo bir avqar vaqor va baholig‘ kishi kirdi va dediki, [Assalomu alayk, ey
Alloh valiysi!]
1
. Men Ramazoi oyidurmen, kelibmenki, i’tizor qilg‘aymen, ul umurdinki, menda sanga
muqaddar bo‘lub erdi va sanga vado’ qilg‘aymenki, bu oxir ijtimo’dur, sening bila mening oramda,
dedi va qaytti. Rabi ul-oxir oyida Shayx dunyodin o‘tti va yana bir Ramazonni musharraf qilmadi. Bir
kun Shayx majlis aytadur erdi. Va Shayx Ali Haytiy Shayxning o‘trusida o‘lturub erdi va ani uyqu
eltti. Shayx majlis ahlini tik turg‘uzdi va minbar ustidin tushub kelib, Shayx Ali Haytiy qoshida adab
bila turdi. Chun Shayx Ali uyg‘ondi. Shayx anga dediki, Hazrat Risolat s. a. v. ni tush ko‘rdung? Dedi:
bale! Elga dediki, men bu ish uchun adab bila turub erdim. Hazrat sanga ne nimaga vasiyat qildi?
Dediki, sening mulozamatingg‘a! Shayx Alidin majlis huzzori bu ma’nodin so‘rdilar. Ul dediki, ulcha
men uyquda ko‘radur erdim, ul uyg‘og‘lig‘da ko‘radur erdi. Va bu Shayx Ali q. s. [Batoih shayxlaridan
edi. Karomatlaridan ba’zisi shuki, kimki sher hamla qilganda, uni eslasa, sher qaytib ketardi. Kimki
serpashsha joyda uni eslasa, pashshalar uzoqlashardi]
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |