ChIM HARFINING ChOBUKLARINING ChYeHRAGUShOYLIG‘I «G‘AROYIB»DIN
96
Ko‘ngullar nolasi zulfung kamandin nogahon ko‘rgach,
Erur andoqki, qushlar qichqirishqaylar yilon ko‘rgach
Ko‘ngul chokin ko‘zumda ashki rangin elga fosh etti,
Balig‘ zaxmini fahm aylarlar el daryoda qon ko‘rgach.
Ko‘zum qon yosh to‘kar, netib ko‘ngul zaxmin yashuraykim,
Toparlar yerda zaxmin sayd qonidin nishon ko‘rgach.
Bo‘yolg‘an qon aro jon pardasi yetkach g‘ami hajring,
Ko‘ngul bog‘ida bargedurki, ol o‘lmish, xazon ko‘rgach.
Xadangging zaxmi ichindin balolarni yug‘an yoshim,
Erur tifleki, olg‘ay qush bolasin oshyon ko‘rgach.
Ko‘ngullar naqdini toroj etarga yopmog‘ing burqa’
Aningdekdurki, yuz bog‘lar qaraqchi korvon ko‘rgach.
Yuzin zulf ichra to ko‘rdum o‘lub vaslig‘a yetmasmen,
G‘alat ermish yuz urmoq, kecha o‘tni har qayon ko‘rgach.
Erur chun olam ichra joh foniy, yaxshi ot boqiy,
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |