www.ziyouz.com
kutubxonasi
401
Qur’ong‘a sen o‘lg‘an kebi yakson hofiz,
Bo‘lsun sanga barcha ishda Qur’on hofiz.
64
Kim aylasa soqiyi gulandom tama’,
Ilgidin aning sog‘ari gulfom tama’.
Andin so‘ng agar taqvoyu islom tama’,
Aylar esa, gul mardak erur xomtama’.
65
Ul damki, quyosh ayladi mag‘ribqa ruju’,
Gar suhbat o‘shul quyosh bila topsa vuqu’.
Xushtur qilmoq jom quyoshig‘a shuru’,
Ul damg‘achakim, qilur quyosh jomi tulu’.
66
Mug‘ dayrida dast bersa bir lahza farog‘
Kim, mug‘bacha ishqidin qizig‘ bo‘lsa dimog‘.
Ul tutsa mug‘ona lahn ila har dam ayog‘,
Bosh olsam oyog‘idin kerak boshima dog‘.
67
Bir gul g‘amidin dedim qo‘yay bag‘rima dog‘,
Borgaymu debon atri dimog‘img‘a farog‘,
Borgin chu mulavvas ayladi bum ila zog‘,
Emdi ani islamakka yuz hayf dimog‘.
68
Berding manga dayr aro iqomat, ey mug‘,
Tuttung qadahi mayi malomat, ey mug‘.
Bu ishni xud aylading karomat, ey mug‘,
Yo rabki, hamisha bo‘l salomat, ey mug‘.
69
Nomang yetibon topti ko‘ngul izzu sharaf,
Har lafzi bo‘lub murod durrig‘a sadaf.
Har satri alam cherigining daf’i uchun,
Iqbol sipohidin chekibon bir saf.
70
Soqiy, badanimni qildi g‘am tiyg‘i shikof,
Qonim bori oqti, tutma o‘zungni maof.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
402
Tutqil badali moyatahallal mayi-sof,
To mast qilay g‘am cherigi birla masof.
71
Yuz mehnatu g‘am ko‘ngluma yetkurdi firoq,
Jonimg‘a balovu dard o‘qin urdi firoq.
Jismimni fano o‘tig‘a kuydurdi firoq,
Chun kuydi, kulini ko‘kka sovurdi firoq.
72
Ko‘nglumni g‘amu dard ila qon ayladi ishq,
Ko‘z yo‘lidin ul qonni ravon ayladi ishq.
Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq,
Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq.
73
Ul damki quyosh bottiyu sarg‘ardi shafaq,
Bazmingg‘a shafaqgun may ila ber ravnaq.
Ne haqni unut, ne mayni quyg‘il mutlaq
Kim, tongla erur tengri karimu barhaq.
74
Ollimda tabibi chorasozim ham yo‘q,
Yonimda rafiqi dilnavozim ham yo‘q.
Tegramda anisi jongudozim ham yo‘q,
Boshimda shahi bandanavozim ham yo‘q.
75
Kim ko‘rdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir o‘lsa paydo xushluq,
Omodadurur yonida yuz noxushluq.
76
Hajringda mening sabrima juz nuqson yo‘q,
Ko‘nglum aro g‘ayri nolavu afg‘on yo‘q.
Jonimg‘a hayot umidi xud imkon yo‘q,
Yo‘q-yo‘q, yo‘q, sabr yo‘q, ko‘ngul yo‘q, jon yo‘q.
77
Yo‘q dahrda bir besarusomon mendek,
O‘z holig‘a sargashtavu hayron mendek.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |