www.ziyouz.com
kutubxonasi
400
G‘am tirnog‘idin qilib qarog‘imni xarosh,
Yashurg‘ay edim ani ko‘zum uyida kosh.
57
Yo‘q bodayi vasl, obi hayvon ul emish,
Ahbob muloqoti dema, jon ul emish.
Gardun g‘amu ranj suvratin naqsh etsa,
Jon chehrasi atrofig‘a hijron ul emish.
58
Yillar tutubon shayx maqolotig‘a go‘sh,
Ne ko‘ngluma zavq yetti, ne jonima jo‘sh.
Jonimg‘a navo soldiyu ko‘nglumga xurush,
Bir jur’a bila mug‘bachayi bodafurush.
59
Sharbat manga xunobu g‘izo g‘am bo‘lmish,
Bistar tufrog‘u oh hamdam bo‘lmish.
Holimg‘a xaloyiq ishi motam bo‘lmish,
Sensiz o‘larim sa’b edi, ul ham bo‘lmish.
60
Soqiy, meni xorxordin ayla xalos,
Gul-gul yuzung och, bahordin ayla xalos.
Yo may beru intizordin ayla xalos,
Yo o‘lturubon xumordin ayla xalos.
61
Ber jomu ol, ey mug‘bacha, jonimni evaz,
Qo‘sh tutqilu, ol ikki jahonimni evaz.
Ani sumururda qatrae tomsa agar,
Sen ham to‘k aning o‘rnida qonimni evaz.
62
Kim istasa saltanat, saxodur anga shart,
Har va’daki aylasa vafodur anga shart.
Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,
Ollig‘a nekim kelsa, rizodur anga shart.
63
Bu davrda yo‘q sen kebi xushxon hofiz,
Huffoz aro sarhalqayi davron hofiz.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |