Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/215
Sana16.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#677126
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   215
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
25
47
Bog‘ingga yetmasun oshub xazondin, yo rab,
Gul bila sarvunga oseb zamondnn, yo rab. 
Oldi jon la’lingu elga labi jon berguchilar
Barcha qul bo‘lsun aning ollida jondin, yo rab. 
Dardini baski nihon tuttum — o‘larmen pinhon,
Voqif etgil ani bu dardi nihondin, yo rab. 
Yomon ahvolima ko‘z solmadi ul oy yaxshi,
Yaxshi ogoh qil ani bu yomondin, yo rab. 
Yuz jahon zulm jahon ahli manga qildi, meni
Forig‘ et ahli jahon birla jahondnn, yo rab. 
Beribon ko‘ngluma jam’iyati xotir qutqar,
Har nekim andin erur tafriqa, andin, yorab. 
Ko‘yida hajr fig‘oninki Navoiy tortar,
Ham meni, ham ani qutqar bu fig‘ondin, yo rab. 
48
Ulki boshtin to qadam bor onchakim, imkoni xo‘b,
Sad’yaki bo‘lg‘ay birikim, xalq derlar ani xo‘b. 
To‘ksa qon ul kofir, o‘zga xo‘bni sevgil demang,
Ey musulmonlar, jahonda bir aningdek qani xo‘b. 
Huri jannat shaklidin ham dilrabo husnung latif,
Xuldi rizvondin dog‘i ko‘yung sarobo‘stoni xo‘b. 
Jonni jonon istasa, qilmoq taallul xo‘b emas,
Naylasun jon ulki, bo‘lg‘ay sen kebi jononi xo‘b. 
Husni ofatdin emas xoli, bu damkim xo‘b sen,
Sa’y qil, jonoki, o‘tsun xo‘bluq davroni xo‘b. 
Ko‘z gunohi ko‘rmaking erdiki, to‘ktung qon yoshin,
Xo‘b emas, jono, to‘kulmak begunahlar qoni xo‘b. 
Ey Navoiy, g‘ayr rashkidin visoli bazmida
Uyladurmenkim, ko‘runubtur manga hijroni xo‘b. 
49
Gar bo‘lmadi bir lahza manga yor musohib,
Ne bo‘lg‘ay edi bo‘lmasa ag‘yor musohib. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
26
Rozimen agar naqdi dilu dinim o‘g‘urlar,
Gar bo‘lsa manga ul buti ayyor musohib. 
Mahjub edi ul sho‘x ulustin, chu may ichti.
Har xayl bila bo‘ldi bayakbor musohib? 
Ko‘zlar bila ul yuz qiladur qatl, ne bo‘lg‘an,
Din ahli bila bo‘ldi chu kuffor musohib? 
Bir go‘shada may ichmasa, o‘z bo‘ynida qoni,
Gar bo‘lsa dame kimsaga dildor musohib. 
Topilmasa gar yori vafodor kam ermas
Andin, kishi gar topsa vafodor musohib. 
Yaxshingni yamonlig‘ bila fosh ar tilamassen,
Olam elidin aylama zinhor musohib. 
Dardoki, musohib manga bir tushmadi hamdard,
Davronda tushub ilgima bisyor musohib. 
Yor etsa Navoiyni musohiblari, xushtur,
Yo‘q baxti qilurg‘a chu ani yor musohib. 
50
Qani sening kebi olamda dilrabo mahbub,
Ko‘z ila qotilu lab birla jonfizo mahbub. 
Ne zulm aylasang ahbobqa, xudo yoring,
Chu xalq aylamamish sen kebi xudo mahbub. 
Xumor dardi birla hajr mehnatida manga,
Iloj bodadur, oy hamdamu davo mahbub. 
Niyozi ishq sari nozi husn jonibidur,
Agarchi shoh muhib bo‘lsayu gado — mahbub. 
Meni gadog‘a ne hol o‘lg‘ay, ey musulmonlar
Ki, soldi ishq boshim uzra podsho mahbub. 
Rafiqlar, o‘tunguz dayr ko‘yidinki, meni
Xarob ayladi may dog‘i mubtalo mahbub. 
Gar o‘lsa hali muhabbat Navoiy, ey hamdam,
Vafo kerak anga, qilg‘an soyi jafo mahbub. 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish