www.ziyouz.com kutubxonasi
78
Uy oltun, farshi oltun, tomi oltun,
May oltun, zarfi oltun, jomi oltun.
Hulal qasr ichra har yon zebi zarhal.
Kavokibdek guhar birla mukallal.
Ko‘runub ko‘zga oydindek namudi,
Quyosh zarrishtasidin toru rudi.
Mug‘anniylar chekib dilkash navolar,
Solib zarkor toq ichra sadolar.
Favokih bazm aro limuvu noranj,
Bihi ko‘rgach oni ko‘rmay yana ranj.
Tarab ko‘rrak bo‘lub dasturdin ham,
Dema dasturkim, maqdurdin ham.
Uch oy bu qasr aro ham tuzdilar jaysh,
Surudu boda birla qildilar aysh.
Sovurdi chun shajar bargini sarsar.
Suning simobini day qildi marmar
7
.
Havo dog‘i bulutdin kiydi sinjob,
Bulut dog‘i havog‘a sochti simob.
Day ustodi nechukkim zargari Chin,
Zilol atfoli lavhin qildi siymin.
Bulutdinkim tomib har qatrai suv,
Burudatdin yog‘ib olamg‘a inju.
Arig‘kim obgirin hanjar aylab,
Sovuq og‘zi luobin xanjar aylab.
Falak tundin ko‘mur aylab saranjom,
Shafaqdin solibon o‘t anda har shom.
Ul o‘tni tong yeli birla dam aylab,
Isitmog‘liq uchun qaddin xam aylab.
Qamar sarchashmasi har tun to‘ngub muz,
Muz o‘lg‘on qatralar girdida yulduz.
Muz aylab yer yuzin oyinaoyin,
g‘alat qildim, degil oyinai Chin.