www.ziyouz.com
kutubxonasi
361
Qayu jismeki oning sihhati yo‘q,
Qilurg‘a Tengri amrin quvvati yo‘q.
Birovkim raxta birla suvni yutqay,
O‘zung dekim, ne yanglig‘ ro‘za tutqay.
Netib qilg‘ay safodin sajdae fosh,
To‘shakdin ulki olmas lahzae bosh.
Ul uch din ilmiyu bu bir badandur,
Bular muhtoji yaxshi, gar yomondur.
Ko‘rardin bu ulum o‘lg‘ach kaloli,
Muborak tab’inga yetsa maloli.
Ravon tarix sori rag‘bat ayla,
Salotin birla azmi suhbat ayla.
Jahondin ko‘rki kimlar kom olibdur,
Bu eski dayr kimlardin qolibdur.
Qani Tahmurasu
7
Jamshidu, Zahhok
8
Ki, har bir oldi olam mulkini pokg‘
Nazar qilkim, olib nettilar oxir,
Nekim borin solib kettilar oxir.
Alar xud kettilar gar kech, agar bot,
Vale qoldi alardin dahr aro ot.
Bu ot gar yaxshidur, yoxud yomondur,
Qilurg‘a oni bois ko‘r, ne fandur.
Qayu fankim shuru’ etmaklik onda,
Kishidin yaxshi ot qolg‘ay jahonda.
Qila olg‘oncha ul bo‘lsun shioring
Ki, yaxshi ot qolg‘ay yodgoring.
Chu din ilmig‘a komil bo‘ldi roying,
Hal etti xotiri mushkilkushoying.
Emas hojat ne qil deb kimsadin rand
Ki, ham olimsen ul dam ham xiradmand.
Nazar qilkim ne amru nahy etar Haq,
Haq amru nahyidin bosh chekma mutlaq.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |