www.ziyouz.com kutubxonasi
235
Boshingdin kechtim oxir bil g‘animat,
Boshing olib yo‘lungg‘a qil azimat
Ki, mendin bo‘lmayin hech amr noshi,
Manga bo‘ldi sening qasding xaroshi.
Nechakim ishqdin ranjur erurmen,
Nekim qilsam, sanga ma’zur erurmen.
Ki, Arman tog‘ida kin aylasam fosh,
Yaqin bilkim, erur har toshu bir bosh.
Kimon qilma bor ersang ishda dono,
Sirohu mulk ila bo‘lmoq tavono
Ki, Haq ollinda butmas ming sirahdin,
Ish andoqkim bir ohi subhgahdin.
Sangakim ro‘zi etti rodshahliq,
Mening qildi nasibim xokirahliq.
Ko‘ngul aylab sen ul shahliq bila keng,
Mening ollimda ul tufroq bila teng.
Ne ishkim shah topib ondin navoe,
Vale yuz qatla or etgay gadoe
7
.
Jafo maydonig‘a har dam surub ot,
Kishi andin nechuk qilg‘ay mubohot.
Erur bu turfaroqkim tortibon tig‘,
Qarortib yerni xayling o‘ylakim mig‘.
Qilib el mulki ichra qatlu toroj,
Olay deb mulk elidin taxt ila toj.
Birovnikim berib mulkini barbod,
Qilursen nozanin ko‘nglini noshod.
Shikastig‘a sitam yoyin qurarsen.
Eshittim, ishq lofin ham urarsen.
Bu bo‘lg‘ay dardu ishq oyini voh-voh,
Vafou mehr sharti Alloh-Alloh!
Kishi ishqida zor o‘lmoq bu bo‘lg‘ay,
g‘amidin beqaror o‘lmoq bu bo‘lg‘ay!»